49
to`p uzatayotgan basketbolchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish,
to`pning yo`nalish tomonini oldindan aniqlash va to`g`ri
joylashish
holatini tanlash zarur. Himoyadagi basketbolchi to`p uzatish vaqtida uni
olib qo`yish maqsadida o`zi to`sib turgan hujumchining oldidan to`pga
qarshi chiqish uchun turgan joydan keskin qo`zg`alishi lozim. Bunda
oxirgi qadamning katta qo`yilishi, gavda va qo`llar to`pga
qaratilgan
bo`lishi kerak.
T o` p n i t o` s i sh savatga to`p otishga qarshilik ko`rsatishda
qo`llaniladi. Himoyachi to`pni savatga otayotgan basketbolchining old
yoki yon
tomonidan juda yuqoriga sakrab, qo`lini biroz to`g`rilaydi va
keng ochilgan panjasini to`p ustiga qo`yadi. Boshqa paytlarda to`p
uchishning har xil fazalarida, ko`pincha, boshlang`ich fazasida to`siladi.
Bunda basketbolchi panjasi yoki barmoqlari bilan to`pni urib, uning
yo`nalishini o`zgartiradi.
Ch a l g` i t i sh l a r. Himoyachi tomonidan hujumchining ma’lum
bir harakatlarini bajarishga majbur qilish maqsadida qo`llaniladi. Buning
davomida himoyachi to`pni egallashga harakat qiladi.
Bunday
chalg`itishlar to`pni egallashga qaratilgan usulning yasama harakat
yordamida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: