62
uchrashuvni 0:3 hisobida boy berishgan bo`lsa, Indoneziyaning ayollar
jamoasi Toshkentning «Spartak» jamoasi qizlariga 2:3 hisobida
yutqazishdi.
Mazkur
halqaro
o`yinlarda
erkaklar
voleybol
jamoasidan
G.Xudyakov, G.Bagirov, R.Xusainov, Yu.Simonov, V.Kucherov,
V.Ananich, ayollar jamoasidan esa M.Katasonova, Ye.Sklyarova,
L.Raxmanqulova, Yu.Xoliqnazarova va L.Korchaginalarning alohida
mahorat namoyish etganliklarini ta’kidlash lozim. 1970-72 yillarga kelib
o‘zbek
voleybolchilari Bangladesh, Hindiston va boshqa xorijiy
davlatlarda xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazib yuksak mahorat
ko`rsatishdi.
1970 yildan to 1991 yillargacha o‘zbek voleybolchilari talaygina
xalqaro rasmiy va o`rtoqlik musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. Bu
davr ichida yuqori malakali voleybolchilar doirasi kengaya bordi. Bular
qatoriga Olimpiada chempionlari V.Duyunova, L.Pavlova, yoshlar
o`rtasida Ovrupa chempionlari L.Ishmayeva, L.Suleykina, O.Belova,
L.Lepilina, O.Dubyaga, S.Myachin kabilar kiradi.
Shuni ham alohida
ta’kidlash joizki, Respublikamizning erkaklar va ayollar jamoalari 1934
yildan deyarli 1988 yillargacha “Ittifoq” Chempionatida va 1956 yildan
to 1986 yilgacha “Ittifoq” xalqlari Spartakiadasida ishtirok etib biron
marta yuqori pog`onalardan joy olmagan.
Erkaklar bir martadan 6 o`rin (1967) va 8 o`rinlarni (1975), ayollar
esa 6 o`rin (1971) va 5 o`rinlarni (1975) egallashgan. Vatanimizning o`z
mustaqilligini qo`lga kiritishi o‘zbek voleybolining xalqaro miqyosdagi
o`rniga ham ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Chunonchi, 1993 yil 24-31 iyulida
Shanxay (XXR) shahrida o`tkazilgan Osiyo
Chempionatida mustaqil
O‘zbekistonning ayollar milliy terma jamoasi voleybol tarixida birinchi
bor ishtirok etib, faxrli 6 o`rinni qo`lga kiritdi. Mazkur chempionatga
qadar ushbu musobaqalarga tayyorgarlik maqsadida Amerika Qo`shma
Shtatlarining bir necha shaharlarida bo`lib, turli universitetlar voleybol
jamoalari bilan o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazishdi va o`yinlarda
muvafaqqiyat qozonishgan edi.
1994
yilda
Tailandda
o`tkazilgan
«Prinsessa
Kubogi»
musobaqalarida L.Ayrapetyants rahbarligida tashkil etilgan «SKIF-
Interkross» klubi qoshida tarkib topgan ayollar voleybol jamoasi ishtirok
etib, maqtovga loyiq o`yin namoyish etishdi.
1997 yil 21-28 sentabrda Manila shahrida o`tkazilgan Osiyo
Chempionatida ayollar terma jamoasi 6 o`rin, 1998 yilda o`tkazilgan
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Kubogi xalqaro turnirda 3 o`rin,
63
shu yili Tailandda o`tkazilgan IX «Prinsessa Kubogi»da 6 o`rin, 1998 yil
24-28 mayda o`tkazilgan X Osiyo Chempionatida 3 o`rin va 1999 yil
Toshkentda o`tkazilgan «Kubok Mikasa» halqaro turnirida 1 o`rinlarni
olishga sazovor bo`lgan. E’tiborga loyiq joyi shundaki, istiqloldan so`ng
o‘zbek voleybolining taraqqiyoti respublikamizda yangicha yo`nalishda
davom etishi ko`zga tashlanayotir.
Jumladan, 1992 yildan boshlab muntazam o`tkazilayotgan
O‘zbekiston milliy Chempionati voleybolning
yanada rivojlanishiga va
ravnaq topishiga katta ta’sir ko`rsatmoqda. Ayniqsa, so`nggi yillarda
tadbiq etilgan o`quv muassasalari o`rtasida o`tkazilayotgan 3 bosqichli
musobaqalar «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada»
voleybolni o`quvchi-talaba yoshlar o`rtasida keng rivoj topishiga muhim
turtki bo`lmoqda. Shuni ta’kidlash o`rinliki, so`nggi yillarda respublika
miqyosida o`tkazilayotgan musobaqalarda professional jamoalar doirasi
kengayib bormoqda. Bular qatoriga «Kinap» (Samarqand sh.),
«Viktoriya» (Navoiy sh.), MHSK (Chirchiq sh.), «SKIF» (Toshkent sh.,
O`zDJTI) va hokazo jamoalar kiradi. Mazkur voleybol jamoalarining
a’zolari bo`lmish o`yinchilar, sport ustalari A.Sovich, Sh.Muslimov,
I.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiyev (hammasi «Viktoriya»
jamoasidan), S.Banov, A.Ribalkin, A.Serebryannikov, S.Myachin
(Toshkent-Samarqand jamoasidan), A.Kolesnikov, K.Pak, A.Jirnov,
V.Petrov, M.Mamatyuk, F.Bavatov, D.Sultanov, S.Siddiqov, («SKIF»),
A.Qosimov, R.Knyazev, I.Ermish («MHSK»), V.Domnidi (Qo`qon)
barcha musobaqalarda o`zlarining yuqori
saviyadagi mahoratlarini
namoyish etganlar.
Ayollar
jamoalaridan
«SKIF»
(Toshkent)
o`yinchilari
Ye.Lebedyanskaya, P.Kibardina, S.Ashurkova, Ye.Shpachuk, M.
Martinenko
(xalqaro
toifadagi
sport
ustalari),
S.Grigoryeva,
N.Xomenko, N.Xodjayeva va boshqalar O‘zbekiston sport ustasi degan
nomga sazovor bo`lishdi.
Bu borada trener-mutaxassis va tashkilotchilarni ham xizmati
hurmatga sazovordir. Jumladan, A.Kim (Samarqand), T.Abramova
(Toshkent),
G.Ponomarev
(Toshkent),
A.Asqarov
(Qo`qon),
L.Ayrapetyants (Toshkent) va boshqalarni alohida ta’kidlab o`tish
o`rinlidir.
Musobaqa o`yinlarining mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda
talab doirasida o`tkazishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining bosh
kotibi, xalqaro toifadagi hakam L.Ayrapetyants, milliy va respublika
toifalaridagi hakamlar V.Shnurov, V.Bardin, N.Yaparov, V.Bausov,
64
A.Po`latov,
I.Zohidov,
N.Mamajonov
va
shu
kabi
ko`pgina
mutaxassislarning xizmati katta.
O‘zbekiston voleybolini yangicha yo`nalishda taraqqiy ettirishda
uni viloyatlarda «harakatga»
keltirish, xorijiy davlatlarni voleybol
jamoalari bilan aloqa bog`lashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni
tashkil qilishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining Prezidenti
E.M.G`aniyev hamda federatsiyaning barcha a’zolari ibratli faoliyat
ko`rsatib kelmoqdalar. Istiqloldan so`ng o`tkazilgan O‘zbekiston
milliy
chempionatlari natijalari 3 jadvalda keltirilgan. Xulosa o`rnida shuni
aytish lozimki, O‘zbekiston voleyboliga oid tarixiy lavhalar mazkur
o`yinni qanday yo`nalishlarda shakllantirishga, uning ommaviyligini
yanada oshirishga hamda istiqbolini ta’minlashga katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: