Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

 
 


65 
VI-MAVZU. VOLEYBOL O`YIN TEXNIKASI VA 
TAKTIKASINING TASNIFI
 
6.1 Voleybol o`yini texnikasi va uning tasnifi 
Voleybol o`z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan boshqa sport 
o`yinlari farq qiladi. Voleybol o`yini nisbatan kichik bo`lgan, ya’ni 
o`rtasidan teng ikkiga bo`lingan 18x9 metrli to`g`ri burchakli 
to`rtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. Zamonaviy 
voleybol turli o`yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga nihoyatda 
boy bo`lib, o`ta katta shiddat va tezlikda o`tadi. Binobarin, voleybolning 
yuqorida zikr etilgan o`ziga xos xususiyatlari o`yinchilardan mukammal 
takomillashgan texnik mahorat talab qiladi. Musobaqa o`yinlarida texnik 
mahorat qanchalik keng va tashqi ta’sirlarga nisbatan mukammal 
shakllangan bo`lsa, shunchalik g`alabani qo`lga kiritish imkoni ko`p 
bo`ladi.
O`yin texnikasi – bu bir vaqtning o`zida ketma-ket va muayyan 
maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar 
majmuasidir. O`yin texnikasi – harakatni aniq, tez, yengil, vaziyatga 
muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo`ljallangan 
bo`lishi lozim. “Texnika” atamasi yunoncha (texnus) so`z bo`lib, juda 
keng ma’noda foydalaniladi va o‘zbek tilida “san’at” tushunchasini 
anglatadi. Miloddan avval 776 yildan boshlab har 4 yilda 
Yunonistondagi 
Olimp 
tog`larining 
etagida 
joylashgan 
Olimp
qishlog`ida Zevs sharafiga o`tkaziladigan umum-yunon bayram 
musobaqalari 
ishtirokchilari 

g`ildirakli 
aravachada 
poyga, 
mushtlashish, beshkurash sporti bo`yicha o`z san’atlarini (texnikasini) 
namoyish etganlar. Qizig`i shundaki har bir ishtirokchi musobaqadan 
oldin o`z qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi va boshqa shu 
sportga oid hislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning 
shartlaridan biri bo`lgan. Demak, muayyan sport turi bilan shug`ullanish 
natijasida odamning qaddi-qomati, mushaklari va organizmning jamiiyki 
barcha organlari shakllanadi, binobarin sportchining texnik mahorati, 
san’atini takomillashishi ta’minlanadi.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, 
televizor, sovutgich, soat va hokozo), ularning texnik pasporti mavjud 
bo`lib, unda mazkur vositaning texnik ko`rsatkichlari va o`lchamlari 
berilgan bo`ladi. Sportda ham muayyan harakat malakasining o`ziga xos 
texnik ko`rsatkichlari, o`lchamlari va uni ijro etishda shakllangan texnik 
tartibi mavjuddir.


66 
Voleybol o`yini texnikasi o`yinni olib borish uchun zarur bo`lgan 
harakat usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli 
vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan 
baholanadi. O`yindagi har bir texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy 
bog`langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi 
harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli 
bo`lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning 
muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o`rtasidagi muvofiqlik va 
shu kabilar).
Texnikaning asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy 
mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy 
qismini bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig`ida katta kuch sarflanishi 
bilan ifodalanadi.
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan 
ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda 
turlicha bo`lib, bu ularning morfologik va funktsional imkoniyatlariga 
bog`liq bo`ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir 
fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, 
asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo`yish mumkin.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish 
uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, 
sakrash, aylanma harakatlarni (to`siq qo`yganda, koptokni o`yinga 
kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy 
fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga 
qaratiladi. Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa 
harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo`nalishda 
samarali foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash 
maqsadida so`nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda 
dinamik o`yin bo`lganligi sababli voleybolchi turli texnik usullarni 
egallashi, o`yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va 
uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o`yinchining texnik mahoratini 
belgilaydi.
Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi:
- harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi;
-halal beruvchi omillar (charchash, tashqi sharoitning salbiy 
ta’sirlari) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi;
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta 


67 
qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish;
- usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni 
bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o`zgaradi va takomillashib 
boradi. Texnik usullarning o`zgarishiga o`yin qoidalarining o`zgarishi, 
taktik harakatlarning takomillashuvi, o`yinchilar jismoniy tayyorgarligi 
darajasining o`sib borishi asosiy sabab bo`ladi. Hujum va himoyadagi 
o`yin dinamikasining o`sishi, harakatlar potentsialining oshib borishi, 
hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham 
texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo`ladi. Shunday 
bo`lsa-da, o`yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundan-da 
samaraliroq imkoniyatlari yo`q deb bo`lmaydi.
Malakali sportchilarning funktsional va jismoniy imkoniyatlari 
o`yin texnikasiga yangi, ilg`or usullarni kiritish va uni ro`yobga 
chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. O`yin texnikasini tasniflash – ularni 
shakli, mazmuni, qo`llaniladigan usullarning nimaga mo`ljallanganligi, 
harakatlarning bir-biriga bog`liqligi, harakatlarning kinematik va 
dinamik tuzilishiga qarab ma’lum guruhlar va bo`limlarga ajratishdir. 
Voleybol texnikasi ikkita katta bo`lim: hujum va himoya texnikalariga 
bo`linadi. O`z navbatida, yuqoridagi bo`limlar ham texnik usullarning 
shakli va mazmuniga ko`ra bir qancha guruhlarga bo`linadi. Har bir 
guruhda texnik harakatlarning o`ziga xos bajarish usullari mavjud 
bo`ladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin