73
harakatlantirish; kuchli (tezkor), va “aldamchi” (sekin) zarbalar berish.
Hujum zarbasini 2 yo`l bilan bajarish mumkin: to`g`ri (to`rga
nisbatan to`g`ri turgan holda) va yon tomon bilan (to`rga nisbatan).
6.9-rasm
Yuqoridan yon tomon bilan to`p kiritish. Yuqoridan yon tomon
bilan to`p kiritish usulida o`yinchi to`rga nisbatan yon tomon bilan
oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (6.10-rasm). To`p 1 m gacha
balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O`ng qo`l bilan zarba berilganda, u
pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning
og`irligi o`ng oyoqqa o`tkaziladi. Zarba beruvchi qo`l orqadan-yuqoriga
yoy bo`yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga
buriladi va og`irlik kuchi chap oyoqqa ko`chiriladi. Bu harakat
zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.
6.10-rasm
Sakrab to`p kiritish. Hozirda sakrab to`p kiritish usuli keng
qo`llanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum
zarbasini berishga o`xshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda
yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: