77
voleyboliga xosdir. Harakat so`ngida yon tomonga katta qadam
tashlanib, qo`l to`p tomon to`g`ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy
og`irlik kuchi) keskin pasayadi.
6.14-rasm
To`pga zarba berilgandan so`ng, o`yinchi tayanch oyoqning uchida
yiqilish tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o`tiradi va do`mbaloq oshadi
(6.14-rasm). Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning
orqa o`rta qismi bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do`mbaloq
oshiladi, dahan ko`krak qismiga tekkizib olinadi. Ko`krak-qorin qismi
bilan sirg`alib yiqilgan holda bir qo`l bilan to`pni qabul qilish usuli
erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O`yinchi oxirgi qadamda
(6.15-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚
burchak ostida maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa
yoki oldi tomoni bilan to`pga zarba berib, qo`llarini oldinga cho`zadi va
qo`llari maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida bukadi,
qo`llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga
kelishiga yordam beradi. Bosh o`z vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.
6.15-rasm
Dostları ilə paylaş: