Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

To`siq qo`yish 
To`siq – raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng 
asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtai nazardan to`siq qo`yish eng 


78 
qiyin o`yin elementlaridan sanaladi. To`siq qo`yish elementini yuqori 
darajada egallash bilan o`yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to`siqdan 
so`ng qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo`ladi. To`siq bir 
o`yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o`yinchi tomonidan (guruhli) 
amalga oshirilishi mumkin. O`yinchi to`r yaqinida, yuqori turish 
holatida, qo`llarni yelka sathida ko`tarib, tovonlarini parallel holatda 
qo`yib turadi (6.16-rasm). Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab 
to`r yaqinida yon tomonlarga qadam tashlash, yugurish, sakrash kabi 
harakatlarni bajarish mumkin. 
6.16-rasm 
To`siq qo`yish uchun avval o`yinchi oyoqlarini ko`proq bukib,
qo`llarini qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo`llar tirsakdan bir oz 
bukilgan holatda to`r tepasiga ko`tariladi. Optimal kuchlangan 
(barmoqlar orasi ochiq) kaftlar to`rning yuqori qismiga borganda, to`r 
osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar to`pga 
maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo`g`inlari hisobiga faol bukiladi. 
Bundan asosiy maqsad berilgan zarbani amortizatsiyalash va to`pni 
raqib jamoasining maydonchasiga yo`naltirishdan iboratdir.
Hujumchilar to`r chekkalaridan hujum zarbalarini berishda to`pni 
to`siqdan maydonn tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qiladilar. 
Shu sababli to`siq to`r chekkasiga yaqin bo`lgan qo`l bilan yopiladi va 
to`pning maydonchadan chiqib ketishga yo`l qo`yilmaydi. To`siq 
qo`yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga bog`liq: joy 
tanlash; turgan joydan yoki harakatdan so`ng baland sakrash; qo`lni to`r 
ustiga ko`tarish vaqtini aniqlash.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin