70
6.3-rasm
Qo`llar to`p bilan yuz tepasida to`qnashadi. Bunda bosh barmoq
asosiy og`irlikni
qabul qiladi, ko`rsatkich barmoqlar esa zarba berishda
asosiy bo`ladi. O`rta barmoq kamroq ravishda,
nomsiz va jimjiloq
asosan to`pni yon tomondan ushlab turishga xizmat qiladi.
To`pga yo`nalish berishda qo`l, oyoq va gavda mushaklarini
kuchlanishi o`zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko`chadi
va gavdaning
og`irligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qo`llar to`pni uzatish oxirida
to`liq to`g`rilangan holatda bo`ladi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to`p
baland
berilganda yoki to`pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab
to`p uzatish usulidan foydalaniladi.
Bu holatda qo`llar bosh ustidan birmuncha baland ko`tariladi va
qo`llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to`p
uzatiladi. Huddi shu holatda qisqa to`p uzatishda asosiy harakat qo`l
barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm).
Dostları ilə paylaş: