91
(nagruzka)
yalpi
ta’sir
“kuchi”
organizmning
funktsional
imkoniyatlaridan doimo yuqori bo`lsa, shu organizmda (organlar,
mushaklar, tomirlar, hujayralar, to`qimalar, yurak, o`pka, taloq, jigat va
h.k.) zo`riqish yoki tez toliqish alomatlari paydo bo`ladi. Bunday salbiy
“izlar” odamning, ayniqsa bolaning odatiy funktsional faoliyatini izdan
chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni buzadi, piravordida ish
qobiliyatini susaytiradi va uni to`liq tiklanishiga to`sqinlik qiladi. Agar
shunday yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa,
organizmning nafaqat normal o`sishiga ta’sir etishi mumkin, balki ushbu
yuklamalar ustunligi turli funktsional “obyekt”
larda global patologik
asoratlar paydo bo`lishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Aksincha,
kundalik yoki yalpi mashg`ulot yuklamalari hajmi va shiddati
funktsional imkoniyatdan past bo`lsa, jismoniy sifatlarning shakllanishi
susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi
yuklamalar, shu jumladan jismoniy tarbiya darslari va trenirovka
mashg`ulotlariga oid
yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va
funktsional imkoniyatlariga qarab “to`lqinsimon” printsipda oshira
borish darkor. Demak, bolalar sportiga oid mashg`ulotlarni tashkil
qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish sog`lom, barkamol
avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo`yicha o`tkaziladigan
mashg`ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg`uloti, sport
musobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish
va boshqarish har bir
mutaxassis (o`qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo`riqchi) va
rahbar shaxsga katta mas’uliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat,
jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy
tayyorgarlik va sport
masalalariga oid bilimlarni o`zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-pedagogik
malaka va ko`nikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbot talab
qilmaydi.
Alohida e’tibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil
qilish, ko`p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug`ullanuvchilar
sog`ligi va ularning sport mahoratini shakllantira borish ustivor jihatdan
jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlariga bog`liqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch,
tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy
obyekt sifatida azaldan ko`pdan-ko`p tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb
qilib kelgan. Ularning tadqiqotlarida
jismoniy sifatlarning mohiyati,
mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlardagi
ahamiyati va rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan. Ushbu
92
muammolarni turli yoshdagi o`quvchi yoshlar va bolalar sporti misolida
o`rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham talaygina ilmiy
nashrlarda o`z ifodasini topgan.
Takidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi va
uslubiyati bo`yicha nashr etilgan darslik hamda qo`llanmalarda jismoniy
tayyorgarlik tushunchasi – bu muayyan kasbiy faoliyat yoki sport turida
ma’lum jarayon samaradorligini belgilab berish darajasida shakllangan
tayyorgarlik – ish qobiliyati, harakat sifatlari,
malakalari va
ko`nikmalarining integral ifodasini anglatadi. Sport amaliyotida (kasbiy
amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik, odatda, ikki bir-biriga
chambarchas bog`liq bo`lgan – umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarlik turlariga bo`linadi.
Hayot davomida inson sog`ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi,
ko`p yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana
borishi ustivor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi
bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida
qo`yiladigan asosiy maqsad – sog`liqni mustahkamlash hamda yuqori
sport natijalariga erishish avvalambor
yoshlikdan boshlab umumiy
jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadi.
Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo`yicha
muntazam o`tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun
jihatdan to`g`ri tashkil qilingan mashg`ulotlar bolalar va o`smirlar
organizmiga ijobiy ta’sir ko`rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy
tayyorgarlikka
asoslangan
va
tor
doirada
ixtisoslashtirilgan
mashg`ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin,
dastlabki o`rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar
nisbatini to`g`ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali
shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: