Sport va harakatli


 VOLEYBOL O`YINI TAKTIKASI VA UNING TASNIFI



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

6.2 VOLEYBOL O`YINI TAKTIKASI VA UNING TASNIFI 
 
Voleybolda o`yin taktikasi deb muayyan jamoaning ikkinchi bir 
jamoa ustidan yakka, guruh va jamoa harakatlari yordamida g`alabaga 
erishish san’atiga aytiladi. Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib 
jamoaga nisbatan mavjud vaziyatga qarab g`alaba sari qo`llaniladigan 


79 
o`yin vositalari, usullari va shakllarini aniqlab, qo`llay olishdan iborat. 
Taktik kombinatsiya – bu bir o`yinchiga hujum qilishi uchun qulay 
sharoit yaratib berishga qaratilgan bir necha o`yinchining harakat 
faoliyatidir. O`yin intizomi – har bir o`yinchi faoliyatining jamoa 
faoliyatiga bo`ysunishi, bo`lajak o`yinda rejalashtirilgan taktik 
ko`rsatmalarni amalga oshirish, o`yin qoidalari va umuminsoniy 
xislatlarga amal qilish va hakozo.
O`yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo`llaniladi:
Birinchi temp atamasi hujum kombinatsiyasini birinchi bo`lib 
boshlaydigan o`yinchiga tegishli bo`lib, u deyarli “past” va tez 
uzatiladigan to`p bilan hujum uyushtiradi.Hujumchilarni «temp 
bo`yicha» ajratish shartli asosda qabul qilingan, shuning uchun 
hujumchilardan barcha hujum usullarini va taktik kombinatsiyalarni 
amalga oshirish talab etiladi.
Bog`lovchi o`yinchi o`yinning borishini to`g`ri baholay olishi va 
turlicha bo`lgan o`yin vaziyatlaridan hujumni samarali tashkil eta olishi 
lozim. Shu sababli bu funktsiyani bajarishga o`yinni nozik jihatlarigacha 
tushunadigan, jamoaning fikrini tezda anglab, o`yin mohiyatiga mos 
kombinatsiyalarni tashkil eta oladigan, keng fikrli, vazmin o`yinchilar 
tanlanadi. O`yinni samarali tashkil etishda jamoa imkoniyatlaridan kelib 
chiqib, uni quyidagi tamoyilda tashkil etish mumkin: 4+2 (to`rtta 
hujumchi va ikkita bog`lovchi o`yinchilar) va 5+1 (beshta hujumchi va 
bitta bog`lovchi o`yinchi). Oxirgi variant hozirgi zamon voleybolida 
juda keng qo`llaniladi.
Taktikaning yakka guruh va jamoa shakllari mavjud. Taktikaning 
usulari o`yin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning 
vositalariga esa o`yin malaka (priyom)lari va ularni barcha turlari kiradi.
Muayyan musobaqalarga mo`ljallangan taktik yo`nalish, taktik shakl, 
usul va vositalar oldindan rejalashtirilgan strategik dasturga bo`ysinish 
lozim. Barcha taktik harakatlar taktik bilimlar, fikrlash, vaziyatni to`g`ri 
baholash, maqsadga muvofiq qaror qabul qilish, jismoniy qobiliyat, 
texnik mahorat va iroda imkoniyatlariga asoslanishi kerak.Taktik 
harakat kibernetika nuqtai nazaridan murakkab vaziyatda eng samarali 
qarorni topish unga munosib harakat qilish bilan bog`liq bo`lgan o`z-
o`zini sozlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi.
Taktik harakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari, 
tolalariishtirokida tashqi muhit ta’sirotlarini qabul qilish, xotirada 
saqlash, tahlil qilish vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab 
motivizatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish kabi faoliyatlar bilan 


80 
bog`liq bo`lgan psixofiziologik jarayondan iboratdir.
Taktik harakatning samarali bo`lishida bosh miya yarim sharlari 
vaziyatini oldindan bilish (aks ettirish) qobiliyati alohida o`rin egallaydi. 
Mazkur qobiliyat musobaqa vaziyatlariga nisbatan to`g`ri qarorga kelish 
va maqsadga muvofiq taktik harakat qilish samarasini oshirishga imkon 
yaratadi. Albatta, bunday qobiliyatni takomillashuvi sportchini o`yin 
tajribasiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun o`quv-mashg`ulotlar 
jarayonida hali ro`y bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga xos 
qarorni tayyorlash va taxminiy harakat rejasini xotirada aks ettirish 
qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli 
foydalanish juda katta ahamiyatga ega.
Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik 
rejani amalga oshirishda muhim poydevor bo`lib hisoblanadi.Oldindan 
fahmlash 
va 
vaziyatga 
munosib 
harakat 
qilish 
qobiliyatini 
rivojlantirishga oid mashqlar qo`llashda 3 ta jarayondan iborat faoliyatni 
bajarish zarur bo`ladi.O`yin taktikasi ikki qismdan hujum va himoya 
taktikasidan iborat bo`lib, individual, guruhli va jamoa taktik harakatlari 
asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin