74
harakatlarining samarasi juda pastdir.
Hujum zarbalari yo`nalishiga ko`ra quyidagicha farqlanadi: to`g`ri
yo`nalish bo`yicha(bunda zarba berilgan to`p yo`nalishi hujumchining
yugurib kelish yo`nalishiga mos tushadi va yo`nalishni o`zgartirib
(bunda zarba berilgan to`p yo`nalishi hujumning yugurib kelish
yo`nalishiga mos tushmaydi). To`pning uchish
tezligiga qarab hujum
zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba beruvchi qo`lni orqaga nisbatan
qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli(tezlanishli) va
aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to`g`ri (to`rga to`g`ri turgan holda) va
yon tomon bilan (to`rga nisbatan) bajarish mumkin.
To`g`ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish;
sakrash; to`pga zarba berish; qo`nish (6.11-rasm). O`z
navbatida, bu
fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo`linadi. Yugurib kelish
fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga
erishish va to`pning uchish tezligi, yo`nalishini to`g`ri aniqlash.
Bunda
hujumchi birinchidan, bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to`pni
tezligi va yo`nalishini aniqlash maqsadida) va ikkinchidan, sakrash
uchun yugurish tezligini oshiradi. Sakrash
fazasida hujumchi tovondan
oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab harakat qiladi, oxirgi qadamda
oyoqlar juftlanadi, qo`llar orqa tomonga harakatlantiriladi. Oyoqlar tizza
qismida, gavda esa tos-son bo`g`imida bukiladi. Keyin esa qo`llar
oldinga-yuqoriga silkitiladi,
oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga
bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo`lning kafti
bosh orqasiga o`tib ketmasligiga va tirsak
yelkadan bir oz yuqorida
bo`lishiga e’tibor berish lozim.
6.11-rasm
Zarba berish fazasida – o`ng (yoki chap) qo`l tirsak bo`g`imida
to`g`rilanib, yuqoriga-oldinga cho`ziladi. Zarba qorin, ko`krak, qo`l
75
mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda
zarba beruvchi qo`l kafti to`pning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi
taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang`ich o`rgatish
bosqichida
hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o`z vaqtida
berilganligiga va yo`nalishiga e’tibor qaratish zarur. Qo`nishda
hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-
harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o`yin
harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Jamoa hujumini
faqatgina to`g`ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya qilmaydi.
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to`p yo`nalishini o`zgartirib
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir.
6.12-rasm
To`p yo`nalishini o`zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining
tuzilishi to`g`ri zarba berish texnikasiga o`xshashdir. To`p o`ng tomonga
yo`naltirilganda, depsinishdan so`ng gavda o`ng tomonga burilib, bir oz
chapga engashtiriladi, chap qo`l yelkasi to`rdan olib qochiladi (6.12-
rasm). Biomexanika nuqtai nazaridan, yo`nalishi o`zgartirilgan hujum
zarbalarini berishda asosiy o`rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar
egallaydi. Himoya texnikasi. Himoya bu hujum harakatlariga qarshi
harakat qilishdir. Himoya usullaridan foydalanib hujum harakatlari
bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: