Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Hujum texnikasi
Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar. Voleybol o`yinida 
o`yinchilar to`p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu 
sababli u yoki bu o`yin sharoitida o`yinchi to`p bilan o`ynashi uchun 
yuqori tayyorgarlik ko`rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat 
usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak. 
6.1-rasm 


68 
Hujum zarbasini berish va to`siq qo`yishda – baland (6.1 a-rasm), 
o`yinga kiritilgan to`pni qabul qilishda – o`rta (6.1 b-rasm), hujum 
zarbasini yoki to`siqdan pastlab qaytgan to`pni qabul qilishda – past (6.1 
v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og`irlik markazi)ning 
holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Shuni ham 
ta’kidlash o`rinliki, o`yinchining bo`yi va uning koordinayatsion 
qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham 
samarali turish holati shunday bo`lishi kerakki, bunda UOM tezda 
tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat 
ko`rsatish imkoniyatini beraolsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo`llanilish xususiyatiga 
qarab statik (o`yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir 
oyoqdan ikkinchisiga o`tkazish bilan to`pni qabul qilish, hujum 
zarbasini berish yoki to`siq qo`yishni kutishda) holatlarda bo`ladi. Bu 
turish holatlarida qo`llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, 
gavda esa bir oz oldinga egilgan bo`ladi. Gavda erkin holatda bo`lishi 
kerak.
Harakatlanish. O`yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun 
maydon bo`ylab harakatlanadi. Bunda usul va o`yinning vaziyatiga 
bog`liq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, 
sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi.
Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar 
birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo`ladi. Yon 
tomonga qadamlashdan ko`p hollarda katta bo`lmagan masofani bosib 
o`tish bilan to`siq qo`yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki 
to`siqdan o`z yo`nalishini o`zgartirib qaytgan to`pni qabul qilishda 
foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo`nalishiga yaqin bo`lgan 
oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan bo`ladigan 
harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo`llaniladi. 
Ko`rib chiqilgan harakatlardan ko`p hollarda umumiy birlikda ham 
foydalaniladi. Dastlabki holatlar.
Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga 
tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning 
bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va 
harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy 
nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: to`pni 
uzatishdan oldin (6.2 a-rasm), pastdan to`pni qabul qilishda (6.2 b-
rasm), to`siq qo`yishda (6.2 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (6.2-
rasm). 



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin