Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

 
4.3 HIMOYA TEXNIKASI 
Himoya – bor kuch bilan g`alaba qilishga harakat qilayotgan 
jamoaning tirishishlari, agar uning o`yinchilari himoya harakatlari 
qaytadan qo`pol xatolarga yo`l qo`ysa, bekor bo`lib qoladi. 
Himoyachiga qaraganda hujumchining texnik mazmuni boyroq. Tajriba 
ko`rsatadiki, himoya usullari to`g`ri va diqqat bilan bajarilsa, ular 
ko`proq mukammal va samaralidir. 
 
Himoya texnikasi 2 ta asosiy guruhga: 
- maydonga harakat qilish texnikasi
- to`pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo`linadi. 
3.1. Himoyachining maydonda harakat qilish texnikasi usullarning 
tavsifi va xususiyatlari, o`yinchining faol, mustaqil mudofaa tavsifi 
va sherigi bilan o`zaro harakatlarning aniq holati va maqsadiga 
bog`liqdir. 
T u r i sh . Himoyada turish hujum paytidagi turishdan basketbolchi 
qo`llarining o`yin vaziyatiga qarab har xil joylanishi bilan farqlanadi. 
To`psiz hujumchidan uzoqda turgan himoyachining qo`llari 
tirsaklarda erkin bukilgan bo`ladi. To`p ilishga tayyorlanayotgan 
hujumchiga yaqinlashayotgan himochi qo`llarini oldinga – yuqoriga 
ko`tarishi mumkin. Agar to`pni egallab turgan hujumchi hali uni yerga 
urib yurishga o`tmagan bo`lsa, himoyachi bir qo`lini to`pga uzatadi, 
ikkinchisini esa maydonga, hujumchi o`tishi mumkin bo`lgan tomonga 
tushiradi. 
Agar hujumchi to`pni yerga urib yurishni qo`llagan bo`lsa, unda 
himoyachi ikkala qo`lini to`pga uzatib, uni egallashga harakat qilishi 
mumkin. Himoyachi oyoqlarning joylashishi o`yin vaziyatiga qarab 
o`zgarib turadi. Shitning o`ng va chap tomonida turgan hujumchini 
to`sishda himoyachi uning maydon yon va tashqi chiziqlari bo`ylab 
o`tishiga to`sqinlik qilish maqsadida hujumchiga yaqin turgan oyog`ini 
oldinga qo`yadi. Maydon o`rtasida joylashgan hujumchini to`sishda 


48 
himoyachining oyoqlari yonma - yon yoki oldinma – ketin turishi lozim. 
Himoyachi qo`llari va oyoqlarining joylashishini o`zgartirganda, o`z 
muvozanatini yo`qotmasligi kerak. 
Himoyachining harakat qilish paytidagi o`ziga xos daqiqalar: 
- dastlabki holatning doimiy almashinishi
- raqib hujumi boshlagunga qadar mo`ljallangan (oldindan 
bo`ladigan) yo`nalishi haqida ma’lumotga ega bo`lmaslik; 
- oldingi tezlanishlardan keyin keskin yugurishni bajarish, har doim 
tavsiflari jiddiy farqlanadigan yo`nalish, usul va boshqa kinematik va 
dinamik daqiqalar; 
- boshlang`ich harakat parametrlarining to`pning uchish yo`nalishi 
va tezligi parametrlariga raqiblarning harakat qilishlariga, texnik 
usullarining bajarilishi shaxsiy xususiyatlariga to`g`ri kelishi kerakligi; 
- «ishga soluvchi» ishoralarning (tovushli, raqibning qarash nigohi 
yo`nalishi, sherik yoki raqib harakatining boshlanishi, murabbiyning 
aytib berishi va boshqalar) har xil yo`llanganligi va har xilligi; 
- portlovchi o`ziga xos kuchlar yordami bilan oldindan biroz sakrab, 
faol start olish mumkinligi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin