Reja: Basketbol o’yini tarixi Basketbol maydoni



Yüklə 14,89 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü14,89 Kb.
#125534

BASKETBOLNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI. Basketbol o’yini maydoni o’lchami, texnikasi va taktikasi

Reja:

1.Basketbol o’yini tarixi

2.Basketbol maydoni.

3.Basketbol o’yini qoidalari

4.Basketbol o’yini texnikasi


KIRISH.
Hozirgi zamon basketbol o‘yinining rivojlanish tarixi 1891-yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusets shtati) xristian – ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o‘qituvchisi doktor Djeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg‘ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o‘yinning dastlabkit varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo‘lgan. Neysmit yangi o‘yin uchun futbol to‘pini tanlaydi, chunki bu to‘pni qo‘l bilan ilib olish oson bo‘lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to‘p yerdan doimo yuqoriga otilib o‘ynashi unga ma’qul bo‘lgan. Bunday o‘yinning avj olishi hozirgi zamon basketboli ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o‘sha zamonlarda ham o‘yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo‘ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o‘rnatib qo‘ygan, savatchaning yonidagi narvonustida farrosh o‘tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to‘pni savatcha ichidan olib, pastga o‘yinchilarga uzatib turishdan iborat bo‘lgan.
1891-yil 21-dekabrda Springfild kollejining gimnastika zalida basketbol bo‘yicha birinchi match o‘tkaziladi. Matbaa manbalari bu o‘yinning uch xil tug‘ilish sanasini qayd etadilar: 1891-yil 21-dekabr, 1892-yilning 15 va 20-yanvari. “O‘yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891-yilning “rojestvo” bayrami oldidan o‘tkazilgan ekan. Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o‘yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O‘yin ko‘pchilikka shu qadar ma’qul bo‘ldiki, tez orada o‘yin qoidasidan nusxa ko‘chirib berishni so‘rab Neysmitni xoli-joniga qo‘yishmadi. Keyinroq, 1892-yilda u o‘z o‘yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Prinsip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to‘pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin. Neysmit o‘yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda chekl
Yüklə 14,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin