Taqrizchilar:
Uraimov Sanjar Ro‘zimatovich
– FarDu, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi
mudiri, PhD. Dosent
Norqulov Doniyor Raxmiddinovich
– Jismoniy tarbiya va sport
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Farg‘ona
filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi p.f.b.f.d(PhD)
Dosent
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2023 yil 27-martdagi 68-sonli buyrug’iga asosan nashrga
ruxsat berilgan.
№ 68-509
3
I-MAVZU SPORT VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH
METODIKASI FANIGA KIRISH, HARAKATLI O‘YINLAR
TARIXI, TURKUMLARI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI.
1.1
HARAKATNI KELIB CHIQISHI TARIXI.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida
ovchilik o`yinlari muhim o`rin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan
oldin o`tkazilishi yozilgan bo`lsa, boshqalarida ovdan so`nggi o`yinlar
o`yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq
tahlil etadigan bo`lsak, unda ovchilik o`yinlari ovdan oldin ham, undan
so`ng ham o`tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o`yinlar –
avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy
tayyorgarlik) vazifasini o`tagan hamda jiddiy o`ziga xos kichik ibtidoiy
odamlar o`ljani osongina qo`lga tushirish, unga yaqinlashishni
o`rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga tushishni,
uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan
ana shunday o`yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o`rgatishgan.
Shu boisdan ham u o`ziga xos maktab vazifasini o`tab, bir tomondan,
ovchilar mahoratini o`stirishga yordam bergan bo`lsa, ikkinchi
tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Ovdan so`ngi o`yinlar ov muvoffaqiyatli tugagandangina
uyushtirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki obdon o`lja bilan
qaytish, bu ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram
qilishiga imkon yaratgan.
O`rta Osiyo territoriyasida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik
o`yinlari bo`lgan degan taxminiy isbotni biz paleolit davri Boysun
tog`idagi Teshiktosh g`oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o`rta
paleolit)
odam
suyagini
topilishi,
Samarqandagi
Omonqo`ton
qishlog`idagi g’ordan topilgan tosh qurollar. Surxandaryoning Zarko`t
kamarida olvon rangdagi suratlar. Xo`jakent qishlog`idagi toshlarga
chizilgan kiyik va ho`kiz tasviri va boshqa ko`pgina arxeologik
topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, bu raqs
o`yinlarining, shu jumladan bolalar folklor o`yinlarining eng sodda
shaxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning
tug`ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur
suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonat va tabiiy
borliq bilan bog`liq rituallar aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan
niqob qilib yurishlari, bir tomondan ov jarayonida yovvoyi
4
hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko`zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning
tushuncha
va
e’tiqodlarini
etnografik
hamda
urf-odatlari,
qadriyatlarining ham ifoda etadi.
Farg`onaning Saymalitosh tog`i g`orlariga chizilgan rasmlar
(Eramizdan oldingi II-I asrlar) hayvon terisini yopinib, o`yinga
tushayotgan ishkor marosimlaridan dalolat beradi.
Hayvonlar to`dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki
qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o`ziga xos
xususiyatlarini,
yurish-turishlarini,
o`tlashlarini,
bir-birlari
bilan
olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o`rganishga
to`g`ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov lish shart-sharoiti
odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo`lishini, buning uchun
doim tinimsiz shug`ullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini
o`z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy - ritmik harakatning fe’li yoki
tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomim harakat va o`yinlarning,
qahramonlik raqslarining tug`ilishiga olib kelar edi. Tog` qoyalari va
g`orlarda chizilgan suratlardagi o`yin tasviri mazmun-ma’no, va shakl-
shamoyil jihatdan turlariga xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat
jarayonini, ba’zilari esa tabiat stixiyalariga taqlid shaklida, boshqalari
jangovorlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima sa’natini
eslatadi. Dastlabki paytlarda shavqinli betartib o`yinlar bora-bora
musiqaviy ohang pantomim hamda plastik harakatlar orqali amalga
oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi
o`yinlar turli shakllarga ko`chib “Ayiq o`yini”, “Dev o`yini”, “Maymun
o`yini”, so`ngra “Pishiq o`yini”, “Ot o`yini”, “Yumron qoziq o`yini”,
“Echki o`yini”, “Bo`ri o`yini”, “Kaltak o`yini”, “Burgut o`yini”, “It
o`yini (irillatar o`yini)”, “Quyon o`yini”, “Tulki o`yini”, “Jak-jaku
o`yini” kabi ko`pgina o`yinlar, pantomimalari avloddan-avlodga o`tib
suyak surib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita, yoxud bilvosita bolalar
folklor o`yinlariga aloqadordir. Shu tariqa “o`yin” so`zi turkiy
xalqlarning o`ynamoq so`zi bilan bog`liq holda (uy, aql, hikmat
ma’nolarni beradi). Aql faqimni, harakat va imo-ishoralar vositasida
ifoda etmoqlik esa o`yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.
O‘zbek an’anaviy bolalar folklor o`yinlarining mavzu qamrovi, ijro
uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining biron bir
jabhasi yo`qki, ular o`yinlar nazariga tushmagan bo`lsin. Xalqimizning
dehqonchilik, chorvachilik, bog`dorchilik, polizchilik, madaniyati
deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik,
ahloqiy yohud ta’lim-tarbiya, ahloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi-
5
barchasi an’anaviy o`yinlarga mavzudir. Xususan, o‘zbek bolalar folklor
o`yinlari boshdan oyoq ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy tushunchalar bilan
yo`g`rilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o`tgan tarixiy
yo`lida, tajriba-sinovlardan qayta-qayta o`tib, yaxlit va mukammal holga
kelib, bizgaga yetib kelgan bolalar folklor o`yinlarning mazmuni
yo`nalishiga qarab quyidagiga turlarga bo`lish mumkin.
1. Mavsumiy bolalar folklor o`yinlari: ilk bahor, yoz, qish
mavsumlarida o`ynaladigan folklor o`yinlar.
2. Marosim bolalar folklor o`yinlari: rasm-rusumlar, odatlar,
marosimlar, an’anaviy bayramlarda o`ynaladigan o`yinlar.
3. Mehnat bilan bog`liq bolalar folklor o`yinlari: “Yerni tobiga
keltirish, haydash”, “Ekin ekish”, “Qovun-qovun”, “O`rik qoqish”,
“Qovun sayli”, “Yanchiq”, “Hush-hush”, “Churey-churey”, “Sigir
sog`di”, “Tuya qaytarish”, “Ot sug`orish” va boshqalar.
4. Oilaviy-maishiy bolalar folklor o`yinlari: “Mehmon-mehmon”,
“Kelin tushirish”, “Kelin-kuyov”, “Ona bola”, “Ovqat pishirish”, “Uy
jihozlash”, “Qo`g`irchoq o`yini”, “Non yopish”, “Er-xotin”, “Alla-alla”,
“Beshik bezash”, “Beshikka belash” va boshqalar.
5. Jismoniy harakatli bolalar folklor o`yinlari: “Quvlashmachoq”,
“Kes-kes”, “Ko`rpa yopildi”, “Ziyrak”, “G`oz-g`oz”, “Koptokni quvib
yet”, “Olar soka”, “Oq suyak”, “To`p-tosh”, “Sinish”, “Chiqildoq”,
“Chopish”, “Zuv-zuv”, “Oq terakmi-ko`k terak”, “Eshak mindi”,
“Lanka”, “Ot o`yini”, “Qiz quvdi” va boshqalar.
6. Mantiqiy bolalar folklor o`yinlari: tez aytishlar, topishmoqni
topish o`yinlari, sanamoqlar, aytishuvlar, savol javoblar, o`ylab toplar,
xotirani tiklashlar, chamalashlar va boshqalar.
7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog`liq bolalar folklor
o`yinlari.
8. Ermak bolalar folklor o`yinlari.
9. Musiqa o`yinlari.
Xalq o`yinlari, jumladan bolalar folklor o`yinlari, eng qadim
vaqtlarda boshlab xalq hayoti tarzini, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy
tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu
kunimizga qadar o`sib, mazmun maqsadiga ko`ra teranlashib bizga yetib
kelgandir. Boshqa san’at turlaridan farqligi o`laroq o`yinlarda xalq
ruhiyati, psixologiyasi, koloriti, yosh avlod tarbiyasiga bo`lgan
munosabatida yorqin aks etadi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, kechki poleolit davrida (taxminan
miloddan 40-41 ming yil ilgari) yer yuzining shmoliy qismida Totemga
6
oid “Ayiq bayramlari” bo`lgan.
Totem – ayiqqa bag`ishlangan afsonalardan bu bayram haqida
ba’zi ma’lumotlarni topish mumkin (ularning birida ayiq odamlarni
ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga qabilaning eng go`zal qizini
ayiqqa turmushga berishadi. Ular o`rtasidagi to`y tasviridagi “Ayiq
bayramiga” oid ba’zi elementlarini bilsa bo`ladi). Shuni eslab o`tish
kerakki, “Ayiq bayramlaring variantlari va elementlari Sibir
xalqalarining ba’zilarida XX asr boshlarida ham saqlangan va bunday
bayramlarda ayiq obrazidagi kishi bosh qahramon bo`lib, u ayiq
xarakterini qilib, raqsga tushib yurgan. O`rta Osiyoda esa “Ayiq o`yini”
(pontomimik raqs sifatida) keyingi vaqtlarga yetib kelgan. Hatto hozirgi
kunda ham O‘zbekiston Respublikasi xududida va shuningdek Turkiya,
Hindiston, Kavkaz kabi joylarda ko`chalarda ayiq o`ynatib yurgan
odamni ya’ni ayiqchini ko`rish mumkin. Ular odamlar g`avjum joylarda
kichik tomosha ko`rsatib yurishadi. Balki bu qadimgi ayiq o`yinidan
bizgacha yetib kelgan elementlarning bir bo`lagi bo`lishi ham mumkin.
Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi
odamlarning chorvachilik va dexqonchilikka o`tishi (Bu jarayon O`rta
Osiyoda miloddan oldingi III- ming yillik oxiri II- ming yillik boshlariga
to`g`ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va o`yinlarni
vujudga keltira boshladi.
Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea-bu hosilni
yig`ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko`rish jarayoni bo`lgan. Yil bo`yi
kutilgan bunday jarayon, tabiatni, dehqonlarda bayram kayfiyatini
vujudga keltirgan. Bunday ko`tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish
maqsadida kishilar o`yinlar va marosimlarni tashkil qilgan, “Mehnat
o`yinlari” yaxshi kayfiyat, keng ma’noda aytganda, bayram holatini
vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o`troq dehqonchilikning
vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat
mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yig`ib olish yakuniga
bag`ishlangan bayramlar va o`yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar
o`tishi bilan an‘anaga aylana boshlagan. Demak insonning “Birinchi
kasbi” - ovchilik asosida – “Ovchilik o`yinlari” vujudga kelgan bo`lsa
uning dehqonchilikka o`tishi va u bilan shug`ullanishi natijasida
“Mehnat o`yinlari” shakllanib, yangi mehnat o`yinlari va bayramlari
uchun zamin yaratgan.
Adu
Rayxon
Beruniyning
“Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklari” asari muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa “Navro`z” kunlarida
har xil musobaqalar va o`yinlar “Ko`pkari, kurash”, “Ekin ekish”,
7
“Xo`rozlar jangi”, poyga bayramining ko`rki sanalgan. Shu bilan birga
bedana, xo`roz, qo`chqor urishtirish o`yinlari ham o`tkazilgan.
Shuning uchun xalq o`yinlarining dastlabki namunalari insoniyat
ongi, tafakkuri bilan bog`liqdir. Uning paydo bo`lishida o`sha davr
shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi,
urf-odat va marosimlari asosiy rol o`ynagan. Avvalo oddiy og`zaki
bayoning dastlabki namunalari paydo bo`lgan. Ular nihoyatda sodda
bo`lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo`lgan.
Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar
talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.
Eng qadimgi xalq o`yinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha
ilgari paydo bo`lgan. Ilk xalq o`yinlari asl holda, to`laligicha bizga yetib
kelmagan. U otadan – bolaga, avloddan-avlodga o`tib har bir o`yin turli
xil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o`tganligi sababli uning shakli
va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan.
Xalq o`yinlarining eng qadimgi namunalari ba’zi tarixiy
yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizga yetib kelgan.
Eng qadimgi o`yinlar, jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar,
qahramonlik eposlari, sanoqlar, raqslardan tashkil topgan.
Jahonga mashhur bo`lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk
nomoyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy
mashqlarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o`sha vaqtlardayoq xalq
milliy o`yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib
qoldirgan. Masalan, u quyidagi o`yinlarni “Yoydan o`q otish”, “Kichik
kurrolar bilan chovg`on o`yinlar”, “Bir oyoqda sakrash”, “Yuqoridagi
bir narsaga irg`ib osilish”, “Nayza otish”, “Tosh ko`tarish” va shunga
o`xshash o`yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi shaxslar
sen bilimdon va aqlli o`zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan u,
yana ular bilan o`ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy
mulohazaga:
“Inson hayotining har bir davri o`zining go`zalligiga ega.
Bolalikning xususiyati esa o`yin” deb javob bergan edi. XI asrda
yashab, ijod etgan Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`atit - turk”, yani
turkiy so`zlar devonini tuzib chiqdi, unda xalq o`yinlarining 150 ga
yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20 ga yaqin o`yinlarga ta’rif
beriladi. Olim o`yin turlari, o`yinlarning bola va kattalarning yosh
xususiyatlariga nisbatan taqsimoti, mashg`ulot, musobaqa turlarini
bayon qiladi. Maxmud Qoshg`ariy bayonida o`yinlar nafaqat jismoniy,
balki aqliy mashg`ulotlarga ham bo`linadiki, ular diqqat bilan
8
o`rganilishga loyiq.
Hozirda biz “Sport musobaqalari” - deb qo`llab yurgan ibora,
Mahmud Qoshg`ariy devonida “bahs” atamasi bilan berilgan. Bunday
“bahslar”ning turlari ko`p bo`lgan. Masalan, merganlikda bahs qilmoq,
o`q yoy otib qush va hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon taxtali
sopqonlarda tosh otmoq bahsi. Buni “Oltin qovoq” o`yini deb ataganlar.
Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, xillari, g`oliblarga
beriladigan sovrinlar, asbob-anjomlarning nomlari batafsil bayon etilgan
kurash bahsi ham turlicha bo`lgan, chunonchi, bog`dodi, chalish, yeng
silkish, bo‘yin qaytarish, baliq ovi, ovchilik bahslari shular
jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |