153
xil varianti qo‘llaniladi: sakramay zarba berish va sakrab zarba berish.
Sakramay peshona bilan zarba berishdagi
dastlabki
holat kichikroq
odimlab tik turishdir. Kallani orqaga tortishda o‘yinchi gavdasini orqaga
engashtiradi, orqadagi oyog’ini bukib, gavda og’irligini shu oyoqqa
o‘tkazadi. Qo‘llar tirsakdan sal bukilgan bo‘ladi. Zarba berish
harakati
orqada turgan oyoqni to‘g’rilash va gavdani rostlashdan boshlanib,
kallaning olg’a tomon keskin harakati bilan tugallanadi. Gavdaning
og’irligi oldindagi oyoqqa o‘tkaziladi.
Sakrab peshona bilan zarba berish
bir
oyoqda yoki ikki oyoqda
depsinib, yuqoriga qarab bajariladi. Sakrash zarbaning tayyorlov fazasi
bo‘ladi. Tirsagi sal bukiladi va qo‘llar ko‘krakkacha shiddat bilan
ko‘tariladi, bu esa pirovardida sakrash balandligini oshirishga yordam
beradi. Depsingan zahoti kalla orqaga tortiladi-gavda orqaga
engashtiriladi. Zarba berish harakati sakrash eng yuqori nuqtaga
yetganda yoki sal oldinroq boshlanadi. To‘pning
uchib kelayotgani
trayektoriyasi bilan sakrashini aniq mo‘ljal qilish kerak, To‘pga zarba
berishni sakrashning eng yuqori nuqtasi va gavda bilan kalla frontal
tekislikdan o‘tayotgan paytda bajarilish lozim. Yerga oyoq uchida
tushiladi, amortizatsiya bo‘lsin uchun oyoqlar sal bukiladi.
B u r i l i b p e sh o n a b i l a n z a r b a b e r i sh
to‘pning
uchish trayektoriyasini o‘zgartirish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul
bilan sakramay zarba berganda orqaga
engashiladi va ayni vaqtda
gavdani zarbani mo‘ljal qilingan tomonga (ko‘pincha 90
0
gacha)
buriladi. 30-50 sm oraliqda bir-biriga parallel turgan oyoqlar ham gavda
bilan birga buriladi. Oyoqlar uchida burilish qulayroq. Shunda sakramay
peshona bilan zarba bergandagi singari holat yuzaga keladi. Shuning
uchun bu zarbaning fazalari ham, ularga bo‘lgan talabalar ham yuqorida
ko‘rgan usulimizda qanday bo‘lsa shunday.
Sakrab turib burilib zarba berishda depsingan zaxoti butun gavda
zarba beriladigan tomonga burilib, ayni vaqtda gavdaning yuqori qismi
orqaga engashadi.Shundan keyingi harakatlar sakrab peshona bilan
zarba bergandagi singari bo‘ladi.
Ch a k k a b i l a n z a r b a b e r i sh to‘p o‘yinchining yon (o‘ng
yoki chap) tomonidan uchib kelayotgan bo‘lib,
burilib peshona bilan
zarba berishning iloji bo‘lmaganda ishlatiladi.Bu usul bilan sakramay
zarba berishda dastlabki holat oyoqlarni kerib tik turishdir. Agar to‘p
chap tomondan kelayotgan bo‘lsa, zarba berishga chog’lanish uchun
gavda o‘ng tomonga engashtiriladi. Bunda o‘ng oyoqning to‘piq va tizza
bo‘g’imlari bukiladi. Gavda og’irligi shu oyoqqa o‘tkaziladi. Boshni
154
to‘p tomonga buriladi. Zarba berish harakati oyoqni chap oyoqqa
o‘tkaziladi. Zarba berish peshonaning do‘ng joyiga to‘g’ri keladi. Sakrab
zarba berishda tayyorlov fazasida depsingandan keyin zarba berishga
chog’lanish uchun gavda frontal tekislikdagi
nishonga qarshi tomonga
engashtiriladi. Zarba berish harakati oldin cho‘zilgan mushaklarni
keskin qisqartirish hisobiga bajariladi. Zarba sakrashning eng yuqori
nuqtasida beriladi.
Y i q i l a t u r i b t o‘ p g a k a l l a(bosh) b i l a n z a r b a
berishdagi harakatlar kalla bilan zarba berishdagi yuqorida tasvirlangan
harakatlangandan butunlay farq qiladi. Depsinish-u uchishning kichik
fazasi tayyorlov fazasi hisoblanadi. Yugurib kelishning so‘nggi 3-4
qadamida gavda bir qadar oldinga engasha boradi. Depsinish to‘p bilan
to‘qnashish kutilgan tomonga bir oyoqda bajariladi. O‘yinchi yerga
parallel uchib boradi. Qo‘llar tirsakdan bukilgan. To‘pning harakati
nazarda tutiladi. Zarba berilganda futbolchining massasi va uchish
tezligi to‘pga o‘tadi. Zarba peshona bilan yoki chakka bilan beriladi.
Peshona bilan zarba berishda gavdaning uchish yo‘nalishi bilan zarba
berish nishoni bir chiziqda bo‘ladi. Chakka bilan zarba berishda to‘p
ko‘pincha sirpanib ketib, uning trayektoriyasi butunlay o‘zgarib qolishi
mumkin.
Yakunlovchi faza yerga tushish bo‘lib, bunda o‘yinchi sal bukilgan
tarang qo‘llariga tiralib tushadi. Qo‘llar amortizatsiya qilib bukiladi-da,
keyin ko‘krakdan qorin, oyoqqa yumalab o‘tiladi.
60-100 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pga
yiqila turib
kalla(bosh) bilan zarba bersa bo‘ladi. To‘pga yetish qiyin bo‘lib
(o‘yinchidan u 3-4 m nari bo‘lganida), boshqa texnik priyom va
usullardan foydalanish mushkul bo‘lib qolganida ana shu usul ancha
samarali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: