Mavzu: manzarali gullar kasalliklari



Yüklə 47,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix01.12.2023
ölçüsü47,43 Kb.
#170742
  1   2   3   4   5
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI



MAVZU: MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI

 
Ish rejasi. 
1.Gulli o‘simliklarning urug‘lari, piyozboshlari, tuganak piyozlari, tuganaklari va ildizpoyalari 
mog‘orlashi. 
2. Gulli o‘simliklarning ko‘chatlari va nihollarining kasalliklari. 
3. Gulli o‘simliklarning vilt kasalliklari. 
4. Gulli o‘simliklarning un-shudring, zang va boshqa kasalliklari. 
Zaruriy jixozlar
: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar, 
igna, pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari. 
Topshiriq:
1.Zararlangan o‘simlik a’zolarini tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va 
rasmini chizish. 
2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish.
 
 
Manzarali o‘simliklar qatoriga bir va ko‘p yillik gullar, ko‘p butalar va daraxt turlari kiradi.. 
Gullar va boshqa manzarali o‘simliklar shaharlarda boshqa joylardan olib kelingan 
tuproqlarda, ko‘pincha qurilish chiqindilari bilan ifloslangan va o‘ta zich bo‘lib qolgan joylarda 
o‘stiriladi. Ular odatda ifloslangan havo sharoitida o‘stiriladi va muntazam sug‘orishni talab 
qiladi. Bularning barchasi o‘simliklarning zararli organizmlarga, jumladan kasallik 
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga chidamliligini pasaytiradi. 
Gullar 
va 
manzarali 
o‘simliklar ko‘p hollarda katta shaharlardan tashqarida 
ko‘chatxonalarda, issiqxonalarda va parniklarda etishtiriladi. Ularda odatda gullar va manzarali 
o‘simliklar chegaralangan maydonlarda, zich o‘stiriladi, hamda ushbu o‘simliklarning ayni 
turlari yoki hatto ayni navlari o‘stiriladi, bu esa o‘simliklarda ayrim kasalliklar kuchayishiga olib 
keladi. YOpiq joyda (plyonka ostida, issiqxonada va hokazo) o‘stirishda kuzatiladigan yuqori 
harorat va havoning nisbiy namligi kasalliklar rivojlanishini yanada kuchayishi uchun sharoit 
yaratadi.
Kasalliklar gullar va manzarali o‘simliklarning tashqi ko‘rinishini xunuklashtiradi, 
hayotchanligini va saqlanish muddatini kamaytiradi. Jumladan, gulli o‘simliklarning urug‘lari, 
piyozboshlari, tuganak piyozlari, tuganaklari va ildizpoyalarini saqlash davrida ular nobud 
bo‘lishi yoki ular olingan ekilganida nimjon va kasal bo‘lishi mumkin. Ko‘chatlar va yosh 
o‘simliklar kasalliklar bilan zararlanishi natijasida ular nobud bo‘lishi, ekin siyrak bo‘lib qolishi 
mumkin.

Yüklə 47,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin