shu yuksak maqsad yo‘lida buyuk ishlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunda
xalqimizni yanada katta m arralar sari safarbar etishda kasaba uyushm alarining
roli va ta ’siri tobora ortib bormoqda»1 - degan so‘zlari kasaba uyushm alariga
berilgan to‘g ‘ri bahodir.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik; ixtiyoriylik; kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; mustaqillik va o‘zini o‘zi
boshqarish; teng huquqlilik; oshkoralik va ochiqlik.
Ular qonunga asosan quyidagi huquqlarga ega:
- Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish
masalalarini hal qilishda ishtirok etadi;
- Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- Jam oa muzokaralarini olib borishga hamda jamoa shartnom alari va
kelishuvlarini tuzishda ishtirok etadi;
- Bandlikka ko‘maklashadi;
- Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etadi;
- Axborot olish huquqiga ega;
- M ehnatni muhofaza qilishda qatnashadi;
- Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
M ehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi
va boshqa qonun hujjatlarda belgilangan vakolatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: