O. T. Husanov konstitutsiyaviy


  M irziy o y ev S h . X alq im izn in g roziligi b izn in g fa oliyatim izga berilgan e n g oliy bahodir. T



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


M irziy o y ev S h . X alq im izn in g roziligi b izn in g fa oliyatim izga berilgan e n g oliy bahodir. T.
♦ 0 ‘zb ek iston *, 2 0 1 8 -y il, 2-tom , 9 5 -9 6 -b e tla r .
170


Shuningdek, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy, diniy adovatni ta rg ‘ib qiluvchi, 
fuqarolarning so g ‘lig‘iga va madaniyatiga zarar yetkazuvchi, tajovuz qiluvchi 
tashkilot va birlashmalarni tuzish qat’iyan taqiqlanadi.
Konstitutsiyaning 
tegishli 
moddasi 
harbiylashtirilgan 
(jangari) 
birlashmalarni, milliy (millatchi) va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda 
jamoat birlashmalarining tuzilishini taqiqlaydi. Chunki bunday tashkilotlarning 
tuzilishi faqat shu mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga emas, umuman, barcha 
xalqlar taqdiriga juda katta talofat yetkazgan. Masalan, Germaniyada tuzilgan 
«Milliy sotsialistlar» (fashistlar) partiyasi.
Konstitutsiya har qanday maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzishni taqiqlaydi. 
Chunki jahon tajribasida yashirin va maxfiy tashkilotlar tuzib, konstitutsiyaviy 
tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga urinishlar ko‘p bo‘lgan.
Tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tm agan yoki ro‘yxatdan o‘tishga urinmagan, 
bu ishdan bosh tortgan tashkilotlarni, maxfiy tashkilotlarni qonunsiz tashkilot 
deb hisoblash mumkin.
Konstitutsiyaviy tuzum tartibi, eng avvalo, fuqarolar manfaatini, o‘zini 
(Konstitutsiyaviy tuzumni), mamlakat xavfsizligini ta ’minlashni nazarda tutadi. 
Har qanday erkinlik bilan Konstitutsiyaviy tuzumni ta’minlash mumkin emas, 
faqat qonunga asoslangan erkinlik e’tirof etiladi.
Shuning uchun, Konstitutsiyaviy tuzum keng erkinlik va demokratiyaga 
sharoit yaratar ekan, albatta, o‘zini himoyalashni ham esdan chiqarmasligi 
zarur. Aks holda, unga qarshi harakatlar boMishi mumkin.
Keyingi paytlarda turli niqoblar ostida g ‘arazli niyatlar bilan tashkilotlar 
tuzishga harakat qilish, o‘zlarini tashkilot deb e’lon qilish holiari uchrab turibdi. 
Ularning asl maqsadi qonuniy hokimiyatga qarshi kurashish, Konstitutsiyaviy 
tuzum ga zarar yetkazish bo‘lgani uchun bunday tashkilotlarni tuzishga ruxsat 
berilmaydi, ya’ni ro‘yxatga olinmaydi.
0 ‘zbekistonning amaldagi Jinoyat kodeksi 2442-moddasida diniy ekstremistik, 
separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga 
rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Konstitutsiyaviy tuzum ning barqarorligi jamiyat taraqqiyoti, fuqarolarning 
farovon turmushi garovidir.
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
birinchi 
bo‘limida 
respublikaning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari hamda prinsiplari belgilangan. 
Ularga qarshi har qanday tajovuzning oldi olinadi yoki tegishli choralar ko‘riladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida 0 ‘zbekiston 
Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish uchun, 216-moddasida 
jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish 
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
171


Davlat ham, jam oat birlashmalari ham jamiyatning tuzilmalaridir. U larning 
alohida-alohida vazifalari bilan birga, umumiy vazifalari ham mavjud. Davlat 
va un ing tashkilotlari bilan jamiyat birlashmalari o‘rtasida to‘g ‘ri munosabat 
o‘rnatilsagina, ijobiy natija berishi mumkin. Ana shu m unosabatning huquqiy 
asosi Konstitutsiyada m ustahkam langan.
Konstitutsiyaning 58-moddasida: «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari 
va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta ’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda 
ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga 
aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor 
shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi», - deb belgilangan.
Davlat bilan jamoat birlashmalari munosabatida davlat tomonidan jamoat 
birlashmalarini ro‘yxatga olish tartibining o‘rnatilishi hamda barcha jamoat 
birlashmalarining faoliyatini tashkil qilish, vazifasi, vakolatini belgilovchi 
huquqiy hujjatlarning (qonun, farmon, qarorlar) davlat tomonidan qabul qilinishi 
muhim rol o‘ynaydi.
Davlat o‘zining qonun va boshqa huquqiy hujjatlari orqali jamoat 
birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta ’minlaydi. 
Qonunlarda jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlari 
uchun ten g huquqiy imkoniyatlar belgilanadi.
M asalan, 0 ‘zbekistonning saylov to‘g ‘risidagi qonunlarida barcha ro‘yxatga 
olingan siyosiy partiyalarga teng imkoniyat yaratilgan va bir xil huquq berilgan. 
Q onunga asosan, siyosiy partiyalar deputatlikka va Prezidentlikka nomzod 
ko‘rsatishda, nomzodlarni tashviqot-targ‘ibot qilishda teng huquqlarga ega.
Jam oat birlashmalari o‘z faoliyatini mustaqil, chetdan aralashuvlarsiz olib 
borsa, ularning faoliyati ijobiy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, Konstitutsiyada 
belgilangan qoidaga asosan, davlat organlari, mansabdor shaxslar jamoat 
birlashmalari faoliyatiga aralashishi, ta ’sir qilishi mumkin emas. Xuddi 
shuningdek, jamoat birlashmalari ham davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning faoliyatiga aralashishi mumkin emas.
Davlat jamoat birlashmalarini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash siyosatini 
ham olib boradi. 2004-yil 30-aprelda «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish 
to‘g ‘risida»gi Qonun qabul qilinib, barcha siyosiy partiyalarga teng imkoniyat 
yaratish, 
faoliyatini 
oshirish, 
o‘z 
faoliyatini 
tashkil 
etishda 
moliyaviy 
qiyinchiliklarga uchramaslik uchun partiyalarni davlat tomonidan moliyaviy 
ta’minlash tartibi joriy qilindi.
Davlat jamoat birlashmalarining faoliyatiga aralashmagan holda ular 
faoliyatining qonunga mos bo‘lishini nazorat qiladi. Siyosiy partiyalar o‘z 
moliyaviy faoliyati, davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan to‘g ‘ri foydalanish 
haqida davlatga (Oliy Majlisga) hisobot taqdim qiladi. Umuman, har qanday

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin