o‘tkazish nikohlanuvchining sog‘lig‘ini aniqlash bilan birga,
ularning ruhiy
kasalliklar va OITS kasalliklari bilan og‘rimaganligini aniqlashdan iboratdir.
Chunki bu kasalliklar nikohlanuvchilarning biridan-biriga, farzandlariga o‘tishi
va o g ‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish
tartibi buzilib
nikoh tuzilsa, unda bunday nikoh bekor qilinishi mumkin.
Oilada so g ‘lom avlod vujudga kelishini ta’minlash maqsadida qonunga
asosan yaqin qarindoshlarning nikoh tuzushi taqiqlanadi.
Bunday holda ham
meditsina nuqtai nazaridan nosog‘lom farzandlar dunyoga kelishi mumkin.
Nikoh tuzishda nikohlanuvchilarning huquqi tengligi asosida oilada bir er va
bir xotin bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Qonunlarimiz ko‘p
xotinlikka
yo‘l qo‘ymaydi. Bu masala bir kishini faqat bir kishi bilan nikohda bo‘lishi
mumkinligini, avvalgi nikoh bekor qilinmasdan boshqa nikoh tuzish mum kin
emasligini bildiradi.
0 ‘zbekistonda tegishli davlat organlari tomonidan ro‘yxatga
olingan
nikohgina qonuniy sanaladi va e’tirof etiladi. Bunday organ Adliya vazirligi
tizimidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlaridir (FHDYO).
Bu organlar tomonidan qonuniy asoslarda berilgan
hujjat nikohni isbotlovchi
hujjat tariqasida e’tirof etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi kodeksining
230-moddasida Fuqarolik holati aktlari to‘g ‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik
uchun m a’muriy javobgarlik belgilangan.
Oila qurishda erkak va ayol tengligi ularning familiya tanlashida ham
ko‘rinadi. Er-xotinning ixtiyoriy roziligi bilan bir xil familiya
tanlanishi yoki har
kim o‘zining familiyasida qolishi mumkin. Keyingi barcha munosabatlarda ham
er-xotin bir xil huquqlardan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: