Farzandlar ota-ona ehtiyojini ixtiyoriy ravishda qondirmasa,
unda ularga
majburlov choralari qo‘llaniladi. Moddiy majburlov choralari bu farzandlardan
ota-ona hisobiga majburiy to‘lov (aliment) undirishdir.
M ehnatga layoqatli, iqtisodiy imkoniyatlari yetarli, turar-joy masalasida
qiyinchiligi yo‘q farzandlarning ota-onalarini qariyalar
uyiga joylashtirishi
xalqimizda eng yomon uyat ish, oriyatsizlik deb qoralanadi.
Afsuski, xalqimiz m a’naviyatiga xos bo‘lmagan shunday holatlar ahyon-
ahyonda bizda ham uchrab turadi. Shuning uchun yoshlarga ta ’lim-tarbiya
berishda, farzandlarning ota-ona oldidagi burchining faqat huquqiy jihatiga
emas, uning m a’naviy va axloqiy jihatiga ham e’tibor berilib, xalqimizning uzoq
yillar davomida to‘plagan eng yaxshi hislatlariga tayanish zarur.
Farzandlarning
ota-ona oldida majburiyatini bajarmasligiga faqat yuridik javobgarlik bilan ta ’sir
qilmay, bu inson xususiyatiga xos bo‘lmagan holat. Eng tuban insonlargina
shunday qilishi mumkinligini, ota-onasini xoru zor qilgan insonlarning ikki
dunyoda ham yuzi qora bo‘lishi va eng muhimi, hayvondan farqi bo‘lmasligi
o‘quvchilarga yetkazilishi kerak.
Oila munosabatlarining konstitutsiyaviy
asosda hal qilinishi, Konstitutsiyada
unga alohida bob ajratilishi, bizda oilaga bo'lgan jiddiy munosabatning isbotidir.
Oilani mustahkam lash bu jamiyatni mustahkamlash va rivojlantirish ekanligi
davlatning oilaga bo‘lgan munosabatini belgilovchi asosiy holatdir. Inson o‘z
salomatligini saqlashga harakat qilganidek, jamiyat ham oilani
m ustahkam lashga
harakat qiladi, chunki jamiyat so g ‘lig‘i oila sog‘lomligiga bog‘liq. Oilalar so g ‘lom
bo‘lsa, jamiyat ham so g ‘lom bo‘ladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, farzandlarni ota-ona oldidagi burchini
konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi 0 ‘zbekistonga xos xususiyatdir.
Dostları ilə paylaş: