O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzuni m ustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Oila nima?
2. Nima uchun oila jamiyatning asosiy bo‘g ‘ini?
3. Oila davlat va jamiyatning qanday himoyasida bo‘ladi?
4. Oila institutini rivojlantirish uchun nimalar qilinmoqda?
5. M amlakatimizda oilaga bag‘ishlangan qanday yillarni bilasiz?
6. Nikoh nima?
7. Nikoh tuzish asoslari qanday?
8. Ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyati nimalardan iborat?
9. Ota-onasizlarga davlat qanday g ‘amxo‘rlik qiladi?
10. Farzandlarning ota-onalar oldidagi majburiyati nimalardan iborat?
186


XVII bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
l-§ . Jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni
Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari uchun alohida bir bobning 
ajratilishi ularning jamiyat hayotidagi o‘rni yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi eng kuchli, jamiyat taraqqiyotining 
qanday bo‘lishini belgilovchi vositalardandir.
Ommaviy axborot vositalari orqali inson ongiga ta ’sir qilinadi. U orqali 
Konstitutsiyada belgilangan turli fikrlilik, fuqarolarning asosiy huquqlari va 
erkinliklari hisoblangan so‘z erkinligi, erkin fikr bildirish ro‘yobga chiqadi.
«Fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy
huquqlarini ta’m inlash rivojlangan demokratik davlat va kuchli
fuqarolik jam iyatini barpo etishning muhim shartidir»1.
Bunda eng muhim vosita ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Shuning 
uchun ular oldiga salmoqli vazifalar qo‘yilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari vazifalarini ko‘radigan bo‘lsak, ular:
- aholida tegishli fikrlarni shakllantiradi;
- bo‘layotgan voqealar to‘g ‘risida ma’lumot berib boradi;
- ko‘p fikrlilik, so‘z, fikr erkinligini ta’minlaydi;
- turli idoralar, siyosiy institutlar manfaatini ifodalaydi;
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi;
- demokratik jarayonlarning chuqurlashuviga hissa qo‘shadi.
Ommaviy axborot vositalari jamiyat bilan birga rivojlanadi. U davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan, yetarli huquqiy asoslar bilan ta ’minlangandagina o‘z 
vazifasini to‘la bajarishi mumkin. Shuning uchun, ommaviy axborot vositalari
ularning faoliyati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan chetda 
emas. Ularning faoliyati doimiy takomillashuvga muhtoj.
Keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, faoliyatini 
takomillashtirish uchun ko‘pgina ishlar qilindi.
Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, matbuot, 
televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va 
erkinligini amalda ta ’minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash 
borasida oldimizga qo‘ygan besh ustuvor vazifa va yo‘nalishlardan biri etib 
belgilanishi, ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida munosib o‘rin 
egallashini ta ’minladi.
Ommaviy axborot vositalari mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni
liberallashtirish siyosatini ta rg ‘ib qilish, ularning mohiyatini aholiga yetkazish 
bilan birga, ularning faoliyatiga ham islohotlar, liberallashtirish sezilarli ta’sir 
qilmoqda.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin