O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug4 olamda



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug4 olamda
hayot bor ekan, hayot abadiyligi, bebaho ne’mat bo4lmish farzand bor.
Farzand bor ekan, odamzot hamisha kelajagini o4ylab, ezgu orzu va
in tilish lar bilan yashaydi. Yangi yilga mana shunday nom berishimiz
azal-azaldan xalqim iz uchun muqaddas bo4lmish, oilani hayotimiz
tayanchi va suyanchi, jam iyatim izning hal qiluvchi asosiy bo4g4ini
deb qabul qilishim iz zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma’no-
mohiyat mujassam. Chunki, oila sog4lom ekan — jamiyat mustahkam,
jam iyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror»1.
2-§. O ilaning jamiyat va davlat him oyasida bo4lishi
Jamiyatning yashash, rivojlanish shartlaridan biri uning bo‘g ‘ini, aniqrog‘i, 
asosiy bo‘g ‘ini - oila jamiyat va davlat tomonidan doimiy va samarali 
muhofazaga olinsagina, tegishli maqsadga erishish mumkin. Har bir kishi o‘z 
hayotining uzoq vaqt davom etishi uchun sog‘lig‘ini qanday muhofaza qilish 
ustida qayg‘ursa, bu ish uchun mablag‘larini ayamasa, insonparvar, oqil, uzoqni 
ko‘zlovchi jamiyat ham o‘zining hayotini cho‘zishi, rivojlanishi uchun oilaga 
xuddi shunday munosabatda bo‘ladi va oilani muhofaza qiladi. Konstitutsiyaning 
63-moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g ‘ini sifatida ko‘rsatilishi bilan birga, 
oila haqidagi qoida davom ettirilib, oila jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish 
huquqiga egaligi belgilangan. Ya’ni oila, bir tomondan, jamiyat tomonidan, 
ikkinchi tomondan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Konstitutsiya qoidasi 
jamiyat va davlatga oilani himoya qilish majburiyatini yuklaydi.
Jamiyat oilalardan iborat ekan, o‘z-o‘zidan ma’lumki, jamiyat mustahkamligi 
oilaning mustahkamligiga bog‘liq va oilaning m ustahkam bo‘lishidan jamiyat 
manfaatdor. Shuning uchun oilani har tomonlama qo‘Ilab-quvvatlash va himoya 
qilishni jamiyat o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyat oilalarni qo‘llab-quvvatlashda, ularni muhofaza qilishda katta 
imkoniyatlarga ega davlat xizmatidan foydalanadi.
Oilani qo‘llab-quvvatlash, muhofaza qilish davlatning konstitutsiyaviy 
burchidir. Davlatning oilaga g ‘amxo‘rligi qonun asosiga qurilgan bo‘lib, avvalo
u, Oila kodeksida belgilangan.
Bundan 
tashqari, 
oilani 
qo'llab-quvvatlash 
maqsadida 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va hukumati ko‘plab hujjatlar qabul qilgan. Oilani 
muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlashda ularni moddiy tomondan qo‘llash, ularga 
moddiy yordam berish chora-tadbirlarining ko‘rilishi muhimdir.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin