O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Qarang: Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Qarang: Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - Т.: «O‘zbekiston*, 2005. 43-49-b etlar.
347


qabul qilindi. Bu esa, sud tizimi xodimlarining lavozimiga tayinlanishi va 
ularning ijtimoiy muhofaza tizimi takomillashishiga olib keldi. Jumladan, sudyalik 
lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirish 
ishlari Komissiya tomonidan adliya, prokuratura, sud va ichki ishlar organlari 
ishtirokida amalga oshiriladi.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga 
tayyorgarlik ko‘rgan, katta hayotiy tajribaga, benuqson obro‘-e’tiborga ega 
yuqori malakali yuristlar orasidan o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy 
yuridik ma’lumotli, yuridik ixtisosligi bo'yicha ish staji kamida besh yil bo‘lgan 
0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari kiritilishi belgilandi.
Mamlakat Prezidentining «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» sud-huquq 
tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini, chora-tadbirlarini belgilab 
berdi. Konsepsiyada olib borilgan tadbirlar sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat 
organlari nazorat va ta’siridan chiqarish imkonini berganligi alohida ta’kidlandi.
Islohotlar natijasida fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy 
tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada 
kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga 
oshirildi.
Sudlarda ish ko‘rishdagi o‘zgarishlarga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi 
ishni yangitdan ko‘rib chiqishga yubormasdan, uni o‘zi xolisona ko‘rib chiqishi 
mumkin bo‘ldi. Prokuror va advokat tengligi ta’minlanib bormoqda. Islohotlarning 
eng muhim natijasi - bu qonunchilikni yanada liberallashtirish va insonparvarlik 
tamoyiliga muvofiqlashtirish bo‘ldi. Eng muhimi, «Xabeas korpus» institutining 
joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya 
berish huquqi prokuraturadan sudga o‘tganligi prinsipial qadam bo‘ldi.
Konsepsiyada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni sanab o‘tish bilan cheklanmay, 
kelajakda sud hokimiyatini yanada kuchaytirish, sudningchinakam mustaqilligini 
ta’minlash uchun qilinadigan aniq ishlar (tadbirlar) belgilab olindi1.
Sud-huquq tizimini isloh qilishda, sudning mustaqilligini ta’minlashda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-sonli Farmoni 
alohida ahamiyatga ega. U asosida mamlakatimizda Sudyalar oliy kengashini 
tashkil etish ko‘zda tutildi. Bu 2017-yil 6-aprelda « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi to‘g ‘risida»gi Qonun qabul qilinib, uning vazifasi sifatida 
sudyalar mustaqilligini ta’minlash va shu maqsadda sudyalikka nomzod tanlash, 
nomzodlar zaxirasini shakllantirish, tegishli sudlarga nomzodlar taqdim qilish 
va ayrim pog‘ona sudyalarini lavozimga tayinlash belgilandi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin