0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi «Sudlov
faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlovni samaradorligini oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi Farmoni sud tizimiga ayrim
o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutadi. Farmon viloyat va unga tenglashtirilgan
fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar
negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini
yuritish bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil
etishni nazarda tutadi.
Farmonga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi.
M a’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etiladi
va shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlari tugatiladi va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari
saqlab qolinadi.
Farmon yana alohida aniq ma’muriy hududlarda sud tizimlarini ham
takomillashtirishni nazarda tutadi1.
Dostları ilə paylaş: