O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyalar va harakatlar a’zosi bo‘lishi ham mumkin emas, shuningdek, haq



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyalar va harakatlar a’zosi bo‘lishi ham mumkin emas, shuningdek, haq 
to‘lanadigan boshqa lavozimlarda ishlashi ham mumkin emas. Bu qoida ularning 
o‘z faoliyatini adolat prinsiplarida, hech kimning ta’siriga berilmay bajarishlari 
uchun o‘rnatilgan. Sudyalarning deputat bo‘la olmasligi saylov qonunlarida ham 
belgilab qo‘yilgan.
Sudyalar faqat ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.
5. Sudyalarning daxlsizligi. Bu prinsip sudyalar mustaqilligini ta’minlash, 
ishni xolisona ko‘rishga imkon yaratish, ularni ortiqcha, chetdan bo‘ladigan 
xurujlardan, ta’sirlardan saqlashning yana bir vositasi, sudyalar daxlsizligining 
Konstitutsiya va qonunlarda belgilanishidir.
« 0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyaviy 
sudi 
to‘g ‘risida»gi 
Qonunning 16-moddasida Konstitutsiyaviy sud sudyasining daxlsizligi belgilanib 
unga asosan, Konstitutsiyaviy sud sudyasi tegishli organlarning roziligisiz 
javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bundan tashqari, sudyalarni majburiy 
keltirish, ushlab turish, tintuv qilish mumkin emas. Ularga nisbatan jinoiy ish 
faqat Respublika Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atiladi.
«Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonunning 70-moddasi ham sudyalar daxlsizligiga 
tegishli bo‘lib, uning qoidalari sudyaning daxlsizligini, turar joyga, xizmat 
binosiga, foydalanadigan transportga, aloqa vositalariga, xat-xabarlarga, unga 
tegishli ashyo va hujjatlarga taalluqli ekanligini qayd qilgan.
Shu modda qoidasiga, asosan sudyalarning xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida ularga Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi raislari va Adliya vaziri tomonidan 
belgilangan ro‘yxat bo‘yicha o‘q otish qurollari berilishi mumkin.
Zarur holda sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratiladi.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
tomonidan qo‘zg‘atiladi.
Sudyalar tegishli Oliy sud yoki Oliy xo‘jalik sudi plenumining roziligi bilan 
jinoiy javobgarlikka tortiladi. Tegishli malaka hay’atining roziligisiz ma’muriy 
javobgarlikka ham tortilmaydi.
Sudyaning turar joyiga, xizmat xonasiga transportiga kirish, ko‘zdan 
kechirish, tintuv o‘tkazish ashyolarni olish, telefonda so‘zlashuvlarini eshitish, 
shaxsiy tintuv qilish, uning hujjatlari va ashyolarini ko‘zdan kechirish, olib
358


qo‘yish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining 
ruxsati yoki sudining qarori bilan amalga oshiriladi.
6. Sudda ishlarning oshkora ko'rilishi. Konstitutsiyaning 113-moddasida: 
«Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi», - deb mustahkamlangan. Ishlarni 
yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. 
Oshkoralik prinsipi sudlarda muhim ahamiyatli ishlarni ko‘rishda ommaviy 
axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishida ham ko‘rinadi. Suddagi 
qabul qilingan qaror va hukmlar haqida OAVda xabarlar berib boriladi.
7. 
Sud 
hujjatlarini 
bajarishning 
hamma 
uchun 
majburiyligi. 
K onstitutsiyaning 114-moddasida: «Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar 
barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, m uassasalar, 
tashkilotlar, m ansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», -
deyilgan. Bu sud hujjatlariga kuchli maqom berilganligini ko‘rsatadi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasida sud hujjatini 
ijro etm aslik uchun javobgarlik belgilangan. Unga asosan, sud hujjatini 
bajarishdan bo‘yin tovlashni m a’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom 
ettirish, shuningdek, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik 
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
2001-yil 22-sentabrda Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan Adliya vazirligi 
huzurida Sud qarorlarining ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan 
va moliyaviy ta’minlash Departamenti tashkil etilishi ham sud faoliyatining shu 
prinsipini yanada yaxshiroq ta’minlashni nazarda tutgan.
8. Sudlarda ish yuritish tilini tanlash prinsipi. Sud ishlarida ishtirok etuvchi 
fuqarolarning huquqlari har jihatdan ta’minlanadi. Buning uchun Konstitutsiya 
va qonunlarda yetarli qoidalar mavjud. Buni sud yuritishda amal qiladigan 
prinsiplar ham ko‘zda tutadi.
Fuqarolar huquqini ta’minlashda muhim vosita - sud ish yuritishda til 
tanlash masalasidir.
Konstitutsiyaning 115-moddasida, fuqarolar ta’minlovchi vositalardan biri 
sifatida, sud ishlari yuritilgan til masalasi hal qilingan. Unga ko‘ra, « 0 ‘zbekiston 
Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan 
joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib 
borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali 
ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda 
sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi», - deb belgilangan. Demak, sud 
ishlarini yuritishda hech qanday tilga imtiyoz berilmaydi.
9. 
Ayblanuvchini 
himoya 
bilan 
ta’minlanish 
huquqi. 
Bu 
prinsip 
Konstitutsiyaning 116-moddasida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, ayblanuvchi 
himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning 
har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. 
Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun
359


advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi 
qonun bilan belgilanadi.
Ayblanuvchining huquqini himoya qilishni kuchaytirish, uning uchun 
himoyachini sud jarayonida prokuror bilan teng huquq asosida qatnashishini 
ta’minlashga, sud-huquq islohotlari davomida alohida e’tibor berildi.
Ikkinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi 
sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida I.A. Karimov 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin