l-§. Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o4rni
Prokuratura organlari alohida vazifa bajaruvchi davlat organidir.
Parlamentning Angliyada, Prezident instituti AQShda vujudga kelgan deyilsa,
Prokuratura Fransiyada XIV asrda tashkil etilgan. Rossiyada prokuratura Pyotr
I davrida vujudga kelib, keyinchalik Turkiston Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan
davrda, so‘ng 0 ‘zbekiston SSSR tarkibiga kirgach, prokuratura organlari faoliyati
ta’siri mavjud bo'lgan. Prokuratura organlari davlatning va barcha fuqarolarning
manfaatini qo‘riqlaydigan organ deb ta’rif etilsa-da, u asosan,
davlatni, shu
davlatdagi hukmron sinflarning manfaatini himoya qilgan. Prokuraturaning
hokimiyat manfaatidan kelib chiqib o‘ta jazolovchi organ bo‘lganligini xalqimiz
80-yillarda o‘z boshidan kechirgan.
Sobiq tuzum davrida prokuratura organlarining tuzilishi, huquqiy maqomi
ittifoq (markaz) manfaatlariga mos ravishda tashkil qilinar edi. U o‘ta
markazlashgan usulda tashkil qilinar edi. Respublika prokurori, viloyatlar
prokurorlari Ittifoq Bosh prokurori tomonidan tayinlanar, tuman, shahar
prokurorlari Bosh prokurorning roziligi bilan Respublika
prokurori tomonidan
tayinlanar edi.
Respublika rahbariyatining Respublika prokuroriga nisbatan hech qanday ta’sir
vositalari yo‘q edi. Shuning uchun ular to‘la ittifoq manfaatini himoya qilar edi.
Ayniqsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab respublikadagi prokuratura
organlari rahbarligiga Rossiyadan kadrlarning yuborilishi, 0 ‘zbekistonda
qonuniylik, fuqarolar huquqlarini ta’minlashni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Mahalliy
sharoitni bilmaydigan, bilishga harakat qilmagan prokuraturaning «kelgindi»
rahbar xodimlari istaganicha o‘zbek xalqini tahqirladi.
Faqat mustaqiliik sharofati bilan bunday noinsoniy voqealarga barham
berildi va 0 ‘zbekiston o‘z prokuratura organlarini o‘zi xohlagancha tashkil qilish
imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog‘ini tashkil qilmay, turli
mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog‘i tarkibida faoliyat yuritadi. AQShda
prokuratura Adliya organlari (ijro hokimiyati)
tizimiga kirsa, Italiyada sud
organlari tizimiga kiritilgan.
0 ‘zbekiston
Respublikasida
prokuratura
alohida
maqomga
ega.
Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob mavjud. Demak, u qonunchilik
hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud hokimiyatiga ham kirmaydi.
Prokuratura uchun Konstitutsiyada maxsus bob ajratilishi unga konstitutsiyaviy
maqom berib, katta umid bog‘langanligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Prezidenti «Prokuratura - qonun himoyasida turgan organ.
U huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishida, huquqiy islohotlarni amalga
XXVII bob. PROKURATURA ORGANLARI
361
oshirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi», - deb prokuratura
organlari faoliyatiga
yuksak baho bergan va uning o‘rnini ko‘rsatib bergan edi.
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o‘rnini ularning alohida
vazifasi borligi, o‘zining alohida ish uslubiga egaligi va har qanday davlat
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda,
faqat qonunga bo‘ysunib ish olib borishi belgilaydi. Bu Konstitutsiyaning
120-moddasida qonuniy belgilanib, unga asosan, «(Uzbekistan Respublikasi
prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari,
jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga
bo‘ysunib amalga oshiradi».
Konstitutsiya va qonunda prokurorlarning mustaqilligini ta’minlovchi
bir nechta qoida belgilab qo‘yilgan. Xususan, 120-moddada: «Prokurorlar o‘z
vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa
jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar», - degan qoida bo‘lib, u
prokurorlarning siyosiy partiya va siyosiy harakatlar ta’siriga tushib qolmasligiga
qaratilgandir.
«Prokuratura
to‘g‘risida»gi
Qonunda
ham
prokurorlarning
mustaqil
faoliyatini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni yetarlicha uchratish mumkin.
Ularda prokurorga tazyiq o‘tkazish, unga boshqacha yo‘llar bilan ta’sir qilishga
urinish, daxlsizligiga tajovuz qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Qonunning
5-moddasi oltinchi qismida: «Prokurorning g ‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga
erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki
faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish,
shuningdek, prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz
tekshirishlar va dastlabki
tergov ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik
belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi», - deb ko‘rsatilgan.
Qonundagi
prokuraturaning
mustaqilligini
ta’minlovchi
yana
bir
vosita prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligiga qaratilgan alohida
moddaning mavjudligidir. 49-moddada: «Prokuror va tergovchiga nisbatan
jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining
mutlaq vakolati hisoblanadi. Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy
huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi
yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi», - deb belgilanib, prokuror
xodimlarning huquqlari alohida muhofazaga olingan.
Qonunning 50-moddasidagi prokuratura organlari
xodimlarining moddiy
va ijtimoiy ta’minotini alohida belgilovchi qoidalar ham prokuror mustaqilligini
ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Qonunning 51-moddasi bilan prokuratura organlari xodimlari va ularning
oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash masalasi hal qilingan. Unda ularning hayoti va
sog‘lig‘ini sug‘urtalash, ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini bermaydigan
darajada sog‘lig‘ini yo‘qotganda ularni moddiy ta’minlash masalasi boshqa
xodimlarga nisbatan o‘zgacha hal qilingan.
362
Prokuraturaning Prezident va Oliy Majlis oldida mas’ulligi ham ularning
maqomini, davlat organlari tizimidagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 80-moddasi 12-bandiga binoan, Oliy Majlisning Senati
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotlarini eshitadi. Hisobotlar
har yili taqdim etiladi.
0 ‘zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga:
- qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g ‘risida -
muntazam
ravishda;
- o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g ‘risida - zudlik bilan;
- prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida - har olti oyda
axborot taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: