prokurorni tayinlash hamda lavozimdan ozod etish
haqidagi farmonini Senatda
tasdiqlash bilan masala rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston tarkibidagi mustaqil respublika
bo‘lgani uchun, respublika prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi tomonidan tayinlanadi, bunda nomzod Respublika Bosh prokurori bilan
kelishiladi. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga
ham ma’lum talablar qonun asosida qo‘yiladi.
Prokuratura
organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o‘rganuvchilar
lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan,
zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon
beradigan 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
prokurori, viloyatlar,
Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan
shaxslar tayinlanadi.
Prokuratura organlari xodimlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Prokuratura organlari xodimlari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat
turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ular ilmiy, o'qituvchilik va ijodiy faoliyat
bilan faqat asosiy ishdan bo‘sh vaqtda shug‘ullanishi mumkin.
Prokuratura organlari ma’lum prinsiplar asosida tashkil qilinadi va faoliyat
yuritadi. Bu prinsiplar birlik (yagonalik), markazlashganlik, qonuniylik,
mustaqillik va oshkoralikdir.
Birlik (yagonalik) - prokuratura organlari 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh
prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi
hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat
ko‘rsatadi.
Markazlashganlik - yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga
ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan,
protsessual qarorini
o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir,
shuningdek, u o‘z bo‘ysunuvidagi barcha
prokurorlarning ishlari to‘g ‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir.
Qonuniylik - prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoliyatlarida
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa
qonunlarning talablariga
aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va
ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan
qat’iy nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
Mustaqillik - prokuratura organlari o‘z vakolatlarini
har qanday davlat
organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda,
faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining
faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
371
Prokurorning g ‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga
qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki faoliyatini amalga
oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek,
prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov
ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan
tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Prokuratura organlarining xodimlari o‘z vakolatlari davrida siyosiy
Dostları ilə paylaş: