O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

qo‘y a y o tg a n
talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar 
uchun majburiydir.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur 
bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga 
muvofiq bepul beriladi.
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to‘xtatib 
qo‘ymaydi.
3 6 7


Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik 
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini 
tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini 
zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, 
korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish 
hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga, tekshirish 
natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu 
qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va 
shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan 
keyin prokuratura organlarida. ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi 
ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar 
jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkor: 
qidiruv faoliyatini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli 
organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar faoliyatini 
muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, 
ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan, statistika 
ma’lumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
prokurori tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda 
ishtirok etish huquqiga ega.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda 
ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli 
quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Prokurorning qonunlar ijrosi ustidan nazorati; fuqarolarning huquqlari 
hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorati; jinoyatchilikka qarshi 
kurashishni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi 
ustidan nazorati; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida 
jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida 
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorati bo‘yicha vakolatlari hamda sudlarda 
ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlari «Prokuratura to‘g ‘risida»gi Qonunda 
batafsil belgilab qo‘yilgan.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini erkin, hech kimning ta ’sirisiz 
olib borishi uchun prokuratura xodimlarining daxlsizligi ham qonunda
3 6 8


belgilangan. Unga asosan, prokuror yoki tergovchiga nisbatan jinoyat ishi 
qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq 
vakolati hisoblanadi.
Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy 
nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror 
tomonidan hal etiladi.
Shuningdek, qonunda prokuratura xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti 
masalalari, prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini 
ijtimoiy himoyalash choralari belgilangan.
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi bor tayinlanayotgan shaxs 
qasamyod qabul qiladi.
Prokuratura xodimlari ham sudyalar kabi deputat bo‘la olmaydi, siyosiy 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin