O. T. Husanov konstitutsiyaviy


majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham
sudlarga o4tkazish kerak, deb o4ylaym an»3, 
- deb, o‘ta muhim masalani 
o‘rtaga tashladi. Keyinchalik bu takliflar qonunchilikda o‘z ifodasini topdi.
Prokuratura organlarining huquqiy maqomiga Birinchi prezidentimizning 
Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida so‘zlagan 
ma’ruzasidagi ko‘rsatmalar ta’sir qiladi.
M a’ruzada qayd qilinishicha:
- hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini 
ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;
- jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni yanada liberallashtirish va 
insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo'nalishga aylandi;
- dastlabki tergov bosqichida sud nazorati kuchaytirildi;
1 Qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 1999. 15, 20, 29-betlar.
2 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. - Т.: « 0 ‘zbekiston».
2000. 30-bet.
3 Karimov I.A. B izning bosh m aqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir. - Т.: «O‘zbekiston», 2005. 47-bet.
364


- «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot 
chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining prokuraturadan 
sudga o'tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi;
- sud qarorlarining ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari 
doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokuraturalarining esa, tergov va 
ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi;
- yangi tahrirda qabul qilingan «Prokuratura to‘g ‘risida»gi Qonunga muvofiq 
fuqarolar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarildi.
Amalga oshirilgan mazkur islohotlar, birinchi navbatda, prokuraturaning sud 
jarayonidagi ishtirokini cheklab, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya 
qilish borasida umume’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalarining 
amalga oshirilishini, prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyatini oshirishni 
ta’minlaydi.
Birinchi Prezident ma’ruzasida, shuningdek, sudga qadar ish yurituv 
bosqichida qo‘llaniladigan barcha choralarni prokuraturadan sudga o‘tkazish; 
birinchi instansiya sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish 
majburiyatini prokurorga yuklash; prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga 
rioya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini 
yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni o‘rnatadigan 
hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi koYsatildi1.
Bu ko‘rsatmalar amaliyotda o‘z o‘rnini tezda topa boshladi. 2011-yil
23-avgustdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi Prezident qarorida vazirlikning 
asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari sifatida «Markazda va joylardagi 
davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari 
faoliyatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali 
nazoratni ta’minlash» belgilandi. Bu nazorat doirasiga, albatta, prokuratura 
organlari ham kiradi.
Shuningdek, qarorda Adliya vazirligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish 
maqsadida «davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan, prokuratura 
organlarining norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotida tizimli ravishda 
tekshiruvlar, o‘rganishlar o‘tkazadi» degan qoida mustahkamlanib, vazirlikning 
prokuratura organlariga nisbatan huquqi belgilab qo‘yildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, 
qonun ustuvorligining har jabhada ta’minlashga erishish, bundan keyin ham 
prokuratura organlarining faoliyatini takomillashtirishni talab etadi. Hozirgi kunda 
jamiyatda qonun ustuvorligini ta ’minlash borasida prokuratura organlarining

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin