faoliyati yetarli darajada emasligi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomasida qayd qilindi.
3-§. Prokuratura organlarining vazifa hamda vakolatlari
Prokuratura barcha davlat organlari, korxona, tashkilot, muassasa va
fuqarolarning qonunlarga aniq va bir xilda amal qilishini nazorat qiluvchi davlat
organi hisoblanib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda,
qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlaydi. Prokuratura organlari xodimlari
sudda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuratura ayrim mamlakatlarda sud
tarm og‘ida, ayrim mamlakatlarda ijro hokimiyati (adliya) tarmog‘ida, ayrim
mamlakatlarda esa, mustaqil tuzilma sifatida faoliyat koYsatadi1.
Bu butun jahon miqyosida prokuratura organlarining tashkiliy-huquqiy
shaklida, vazifa va funksiyalarida umumiylik, o‘xshashlik mavjudligini ko‘rsatadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, 0 ‘zbekistonda prokuratura mustaqil tuzilma
sifatida faoliyat yuritadi va konstitutsiyaviy maqomga ega.
Konstitutsiyada prokuratura organlarining maqomi ularning vazifa va
funksiyalari umumiy tarzda, aniq belgilangan. Konstitutsiyaning 118-moddasida
prokuratura respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi deb belgilab qo‘yilgan. Ya’ni prokuraturaning
bosh vazifasi butun mamlakat hududida davlat tomonidan qabul qilingan barcha
qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi va bu bilan
qonuniylik, qonun ustuvorligi ta’minlanishiga ko‘maklashadi.
Turli davlat organlarining vazifalari haqida to‘xtalib, Prezident
Dostları ilə paylaş: