XXIX bob.
M UDOFAA VA XAVFSIZLIK
l-§. M illiy xavfsizlik - taraqqiyot garovi
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo'lib,
bunda davlat asosiy rol o‘ynaydi.
«M am lakatim izning
konstitutsiyaviy
tuzumi,
suvereniteti,
hududiy y a x litlig in i turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va
barqarorlikni yanada m ustahkam lash barcha yutuqlarim izning bosh
garovidir»1
- deb ta’kidlaydi Prezident.
Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash
konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari
amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo‘lishiga,
barcha siyosiy,
iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning
uyg‘unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi.
Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz
mudofaa qudratining asosi -
mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog‘liq. Shuning uchun, iqtisodiy qudratni
rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi
yoshlar ekanligiga hamda
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro
tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosati
va uning uzoq yillarga
mo‘ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan Oliy
Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berilgan.
1996-yil 24-apreldagi Oliy Majlis sessiyasida «Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida»gi
Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan Oliy
Majlis sessiyasida esa Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul
qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko‘zda tutmay, shaxs
huquq
va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning
konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko‘zda
tutadi.
Dostları ilə paylaş: