Bank tizimining ikkinchi pog‘onasini turli tijorat banklari tashkil qiladi.
Bu - universal, ya’ni bank operatsiyalarining hamma turlarini bajaradigan va
ixtisoslashgan, ya’ni iqtisodning aniq tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadigan yoki
bank operatsiyalarining ba’zi bir turlarini ko‘p bajaradigan banklar; filiallarga
ega bo‘lgan va filiallari mavjud bo'lmagan banklar; 0 ‘zbekiston banklari, chet
el sarmoyasi ishtirokidagi banklar va chet el banklarining sho‘ba banklari va
hokazo banklardir.
Tijorat bankining aniq ta’rifi katta amaliy ahamiyatga ega. Tijorat bankining
ta’rifi bank nomidagi tashkilot yoki subyekt nima o‘zi, uning huquqiy maqomi
qanday, uning vakolatlari nimadan iborat, u xo‘jalik muomalasida qanday ishtirok
etadi va shu kabi muhim huquqiy savollarga javob beradi.
Respublikaning moliya va kredit tizimi qandayligi mamlakatning taraqqiyotiga
katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ularni takomillashtirishga doimo e’tibor
beriladi. Bank va moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirishda iqtisodiy
islohotlarning roli muhim ekanligi Oliy Majlis palatalarining 2005-yildagi
qo‘shma majlisida alohida ta’kidlandi hamda bank va moliya tizimlaridagi
islohotlarni chuqurlashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi1.
Dostları ilə paylaş: