Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o‘z faoliyatini qonuniylik,
markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo
tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish asosida tashkil etiladi.
Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini ta’minlash
imkoniyatini beradi.
Qurolli Kuchlar ularning tarkibiy qismlari o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, ularning ixtiyoriga harbiy
.obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnikaning barcha zarur
turlari va boshqa harbiy ashyo, mol-mulk berib qo‘yiladi va ular davlat mulki
hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 126-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini
ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega», - deb ko‘rsatilgan.
Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-yarog‘, texnika
ashyolar hamda eng muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib 0 ‘zbekiston
mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o‘tovchi shaxslar faoliyat
ko‘rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o‘tash uchun Qurolli
Kuchlar safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda
doimiy maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular, asosan, zobitlar va boshqa
xodimlardir.
M am lakatim iz m ustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy
qiyinchiliklarga qaramay, Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak
m alakali zobitlar tayyorlashga m oijallangan bir qancha harbiy o4quv
Dostları ilə paylaş: