eng m uhim vazifalarim izdan biridir»1,
- deb bu masalaning mohiyatini
ko‘rsatib bergan edi Birinchi Prezident.
0 ‘zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’iy tizimi barpo etildi
va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan darajaga mos keladi.
« 0 ‘tgan qisqa davrda m illiy arm iyamizni isloh qilish bo‘yicha
aniq chora-tadbirlar qabul qilinib, Qurolli K uchlarim iz qiyofasini
tu bd an o‘zga rtirish jarayoni boshlandi»2,
- deb qayd qildi Prezident
o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga Respublikaning
mudofaa, ichki ishlar, favqulodda
vaziyatlar vazirliklarining, Davlat xavfsizlik
xizmatining, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tegishli
boshqaruv
organlari, qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari,
shuningdek,
Milliy gvardiya kiradi.
0 ‘tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi
siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaralarini himoya
qiluvchi qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi va boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi
davlat organlari, tashkilotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko‘rib chiqilib,
yanada aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli
himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan
yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning birlashgan shtabi
tuzilishi mudofaa sohasida
muhim voqea bo‘ldi.
Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar bo‘lishining
o‘zi kifoya emas. Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli boshqarilgandagina, ular
o‘z oldiga qo'yilgan vazifani to‘la bajara oladi. Shuning uchun mamlakatimizda
Qurolli Kuchlarni boshqarishga alohida e’tibor beriladi.
0 ‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlikningmuhim ahamiyatidan kelib chiqib, Qurolli
Kuchlarga 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchilik qiladi.
Konstitutsiyaning
93-moddasi 20-bandiga asosan, Prezident 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. U Konstitutsiyaning shu moddasiga
binoan Oliy bosh qo‘mondon sifatida Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini
tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy harbiy unvonlarni beradi.
Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy bosh qo‘mondon)
«Mudofaa to‘g ‘risida»gi Qonunning 8-moddasida belgilangan.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o‘z bo‘ysunuvidagi
qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo‘lgan vazirliklar,
davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: