ikkinchidan, ularning eng muhim strategik yo‘nalishlarda
ishlashiga;
uchinchidan, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon
berdi.
Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, professional
tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari olib borildi.
Armiyani mustahkamlash - ularni zamonaviy qurollar bilan ta’minlashga
bevosita bog‘liq, shuning uchun bu borada yetarli ishlar olib borildi.
Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan
va olib borilayotgan
ishlardan chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari ham chetda qolgani
yo‘q. Chunki ular ham mamlakat xavfsizligini ta’minlashda o‘z o‘rniga ega.
Bulardan tashqari, xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rganib, Qurolli
Kuchlarni
tashkil etish, uning quyi bo‘g‘inlaridan tortib, yuqori bosqichlarigacha
boshqarish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqildi va tizimli choralar belgilandi.
2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro
manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» belgilanar
ekan. Davlatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash, 0 ‘zbekiston Respublikasi
qurolli kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirishga alohida urg‘u
berildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida
Dostları ilə paylaş: