2-§. Mudofaa va xavfsizlikni ta’m inlashda Qurolli K uchlarning o4rni Sobiq Ittifoq davlati, SSSR o‘zining ko‘plab salbiy jihatlari bilan birga, eng
kuchli qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida,
jumladan, 0 ‘zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo‘lib, SSSR tugatilganidan
so‘ng Qurolli Kuchlarda ham boshqaruv, intizom barbod bo‘lib, turli tahdidlar
kuchayib borayotgan vaqtda 0 ‘zbekistonning o‘z mudofaa vazirligini va joylarda
qo‘mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o‘z vaqtida qabul qilingan va to‘g ‘ri
bo‘lgan qaror edi.
Chunki mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq bo‘lib, ularni
saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli Kuchlarning mavjudligi, vazifasining
Konstitutsiyada
mustahkamlanishi
bo‘ldi.
Natijada,
Qurolli
kuchlar
Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
0 ‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining
tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi», - deb qayd qilingan. Bu
bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning vazifasi aniq
belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda
tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan
«Mudofaa
to‘g ‘risida»gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni
qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan (Qonunning 6-moddasi)1.
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar,
qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi.