huquq iy dem okratik davlat, kuchli fuqarolik jam iyati barpo etish
borasida m ustahkam poydevor bo‘lib xizm at qilm oqda»1,
degan so‘zIar
bilan Konstitutsiyamizga ham, uni vujudga keltirgan xalqimiz ongiga ham aniq
ta’rif berilgan.
Konstitutsiyamiz davlatchiligimiz tarixida qabul qilingan eng demokratik
Konstitutsiya bo‘ldi. Unda shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda birinchi
marta shaxs ustuvorligi, shaxs, uning huquqi, qadr-qimmati, sha’ni oliy qadriyat
sifatida belgilandi, shaxsning yashash huquqi asosiy huquq sifatida mustahkamlab
qo‘yildi. Davlat mas’uliyatlari aniq ko‘rsatib qo‘yildi. Iqtisodiyot bozor
munosabatlari tamoyillari asosida mustahkamlanishi belgilandi. Konstitutsiya
asosida ko‘ppartiyaviylik, fikrlar xilma-xilligi belgilandi. Hokimiyatni tashkil
etishda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi mustahkamlandi. Fuqarolik jamiyati
asosi sifatida o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqei konstitutsiyaviy darajada
belgilandi.
4 -§ . K on stitu tsiyad a jahon k on stitu tsiyaviy tajrib alari
va m illiy q a d riy a tla rn in g aks etish i
Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasi xalqaro ahamiyatga ega. Konstitutsiyalar
qaysi mamlakatda qabul qilinmasin, jahon tajribasidan foydalaniladi. Chunki
ular uzoq vaqtda qo‘lga kiritilgan va hayot tajribasidan o‘tgan, xalqlar qaysi
1
Shavkat M irziyoyevning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25-yilligiga
bag'ishlangan tantanali marosimdagi m a’ruzasi. «Xalq s o ‘zi», 2017-yil 8-dekabr.
43
millatlarga, dinga mansub bo‘lmasin, ko‘pchilik manfaatiga mos tushuvchi
tamoyillar, tartiblar, qoidalarga tayanadi.
Jahon konstitutsiyaviy tajribalaridan foydalanish deganda, demokratik mamlakatlarda
amal qilayotgan, taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilayotgan qoidalarni qollash tushuniladi.
Konstitutsiyamizda jahon tajribasidan foydalanganimiz quyidagilarda ko‘rinadi.
Birinchi. Inson va davlat munosabatlarini belgilashda. 0 ‘zbekistonda qabul
qilingan barcha konstitutsiyalarda (1927, 1937, 1978-yillar) davlat manfaatlari
ustunligi belgilangan edi. Jahondagi demokratik mamlakatlar tajribasida va
inson huquqlari to‘g ‘risidagi xalqaro hujjatlarda inson manfaati yuqori turishi,
buni amalga oshirish uchun davlatning aniq majburiyatlari belgilangan edi. Shu
g ‘oya Konstitutsiyada o‘z ifodasini topdi. U huquqiy jihatdan: «Davlat organlari
va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda),
«O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,
ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi» (13-modda), «Davlat fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini
ta’minlaydi» (43-modda), degan qator moddalarda mustahkamlangan.
Ikkinchi. Insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilash jahon tajribasidan
kelib chiqib amalga oshirildi, Insonning asosiy huquqlari, avvalo, shaxsiy, siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy huquq guruhlariga bo‘lib mustahkamlandi. Shaxsiy huquqlar
qatoriga tabiiy huquqlar kiritilib, ularni ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi.
Konstitutsiya shaxsning asosiy huquqlarini belgilabgina qolmay, ularni ro‘yobga
chiqarish, himoya qilish, ta’minlash mas’uliyatini ham mustahkamlab qo‘ydi. Bunga:
«Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat
qilish huquqiga ega» (35-modda), «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud
orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining
g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi»
(44-modda), degan Konstitutsiya normalarini misol qilish mumkin.
Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquqlar doirasi kengaytirildi,
yashash huquqi (24-modda), jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir
shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi, ayblanuvchiga himoyalanish huquqi
kafolatlanishi, hech kim qiynoqqa solinmasligi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki
inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tazyiqlarga duchor etilishi mumkin
emasligi, hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazish
mumkin emasligi (26-modda), axborot olish, izlash, tarqatish (29-modda),
mulkdor bo‘lish (36-modda), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi
(53-modda) va boshqa huquqlar asosiy huquq sifatida belgilandi.
Bozor munosabatlaridan kelib chiqib, fuqarolarning belgilangan soliq va
yig‘imlarni to‘lash burchi (51-modda) kiritilib, shaxsni kamsituvchi ilgari asosiy
44
burch hisoblangan burchlar chiqarib tashlandi va majburiy mehnat taqiqlanishi
mustahkamlab qo‘yildi (37-modda).
Uchinchi. Davlat hokimiyatini tashkil qilishda jahon tajribasiga murojaat
qilindi. Shu tufayli barcha demokratik mamlakatlarda hokimiyatni tashkil
qilishda qo‘llanib kelayotgan prinsip - davlat hokimiyati tizimi, qonunchilik,
ijro va sud hokimiyatining bo‘linishi prinsipi Konstitutsiyada mustahkamlandi
(11-modda).
Shunga asosan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi
organlarning vakolatlari aniq belgilandi. Ularning mustaqilligini ta’minlovchi,
bir-birini tiyib turishini mustahkamlovchi normalar kiritildi.
To‘rtinchi. Iqtisodni bozor munosabatlari asosida tashkil qilish masalasida
ham jahon konstitutsiyaviy tajribasiga murojaat qilish zaruriyati tug‘ildi.
Shu asosda Konstitutsiyamizda unga taalluqli masalalar mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning 53-moddasida bu quyidagicha bayon qilingan: «Bozor
munosabatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan
0 ‘zbekiston
iqtisodiyotining
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning
huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-
baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina mulkdan mahrum etilishi
mumkin».
Xususiy mulk daxlsizligining o‘rnatilishi, uning davlat himoyasida bo‘lishi
fuqarolarning moddiy turmushi farovon bo‘lishiga olib keladi.
Beshinchi. Konstitutsiya Asosiy qonun ekan, unga amal qilish va muhofaza
qilishda ham alohida vositalar va tartib bo‘lishi shart. Konstitutsiya o‘zini muhofaza
qilishni ham jahon tajribasidan kelib chiqib hal qilgan. Uning 93-moddasida:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: ...0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlariga rioya etilishining kafilidir», deb belgilangan. 92-moddada Prezident
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga qasamyod qilishi belgilangan.
Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligi mustahkamlandi. Shu tizimga
kiruvchi Konstitutsiyaviy sudga Konstitutsiyani himoya qilish vazifasi yuklandi.
Konstitutsiyaning 108-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga
qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi», - deb belgilangan bo‘lsa, 109-moddasida
ushbu vazifa hamda vakolatlar yanada kengroq va aniqroq mustahkamlab qo‘yilgan.
Oltinchi. Konstitutsiyamiz sotsialistik tuzumda vujudga kelgan, uning ta’siri
hisoblangan yakka partiya (kommunistik partiya) hukmronligiga barham berib,
jahon demokratik davlatchiligi tarixida qo‘llanib kelayotgan ijtimoiy hayot,
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishni,
biron-bir mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligini
mustahkamladi va ko'ppartiyaviylikka asos soldi (12-modda). Turli fikrlilik
45
Konstitutsiyaning 34-moddasi normalari bilan yanada kengaytirildi. Unga
asosan, «siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda,
shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi
muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim
kamsitishi mumkin emasligi mustahkamlab qo‘yildi.
Shuning uchun ham « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng
demokratik, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan me’yor va talablarga javob beradi»1.
Konstitutsiyamiz jahon konstitutsiyaviy tajribasiga tayanib, undagi eng
ijobiy jihatlarni o‘zida aks ettiradi, u milliy qonunchiligimiz asosi, mustaqil
davlatchiligimizning asosiy qonunidir. Buni Prezidentning:
Dostları ilə paylaş: |