Konstitutsiyada siyosiy, iqtisodiy mustaqillik o‘z aksini topishi kerak edi. Shular
asosida loyiha takomillashtirilib, 1992-yil bahorida 149-moddadan iborat ikkinchi
variant tayyorlandi.
1992-yilning bahorida bo‘lib o‘tgan Komissiya yig‘ilishida konstitutsiya
loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat yangi ishchi guruhi
tuzilib, uning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- 0 ‘zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning
taraqqiyot tajribasini, turli ijtimoiy guruhlar madaniy-ma’rifiy markazlari hamda
mulohaza va takliflarini umumlashtirish;
- Konstitutsiyaviy komissiya a’zolaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqish
va loyihaga o‘zgartirish kiritish.
Ishchi guruh a’zolari shu vazifalar ustida ish olib bordilar, natijada, loyihaning
yanada pishiq varianti vujudga keldi.
0 ‘zbekiston Prezidentining quyidagi so‘zlari konstitutsiyaviy komissiya
faoliyatini yaqqolroq ko‘rsatadi. «...
Islom A bdug4aniyevich K arim ov
rah b arligid a 1 99 0 -y il iyun oyida tu zilg a n k om issiyan in g ikki y illik
m ashaq q atli m ehnati n atijasid a K o n stitu tsiy a n in g birinch i, ik k inchi
so ‘ngra u ch in ch i loyih asi ishlab ch iq ild i. Ushbu kom issiya a’zosi
sifa tid a m en ham shu ta r ix iy jarayonda ishtirok etg a n im n i doim o faxr
bila n eslaym an . K o n stitu tsiy a n in g y a ra tilish i bilan bog‘liq q iz g ‘in
bahs-m un ozaralar, tu rli g ‘oya va fikrlar hali ham xotiram d a»1.
3-§ . K onstitutsiya lo y ih a sin in g um um xalq m uhokam asi
va u n in g qabul q ilin ish i
Konstitutsiya loyihasi muhokamasi bir necha bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi
bosqich - bu loyiha tayyorlovchi komissiya majlisida, ishchi guruhlarda bo‘lgan
muhokama. Bunda muhokamaga mutaxassislar, ekspertlar jalb qilindi. Ularda
konstitutsiya tuzilishi, tartibga solish doiralari aniqlab olindi.
Muhokamaning ikkinchi bosqichi umumxalq muhokamasi bo‘lib, bu xususida
alohida to‘xtalamiz.
Uchinchi bosqich - Oliy Kengash komissiyalari va sessiyasida deputatlar
muhokamasi.
Tayyorlangan loyiha Komissiya qaroriga asosan 1992-yil 26-sentabrda
ommaviy axborot vositalarida umumxalq muhokamasiga e’lon qilindi.
Umumxalq muhokamasi o‘tgan davr shu vaqtda aholining faolligi kuchaygan
davrga to‘g ‘ri kelganligi bilan xarakterlanadi. Ittifoqning tarqalib ketishi,
mustaqillikning qo‘lga kiritilishi xalqning faolligiga ijobiy ta’sir qildi. Demokratik
o‘zgarishlardan ta’sirlangan fuqarolarning siyosiy hayotda ishtirok etish orqali
muhim masalalarga ta’sir qilish ishtiyoqi shu vaqtda, ayniqsa, kuchaydi.
Dostları ilə paylaş: