2-§. K on stitu tsiyaviy kom issiya va u n in g faoliyati 0 ‘zbekistonda yangi konstitutsiya ishlab chiqish g ‘oyasi mustaqillik e’lon
qilinguncha, hali ittifoq mavjud vaqtdayoq vujudga kelgan edi. Shu davrdayoq
yangi Konstitutsiyani qabul qilish uchun ma’lum sabablar, yangi ijtimoiy
munosabatlar vujudga kela boshlagan edi. Jumladan, 0 ‘zbekistonda Prezidentlik
instituti vujudga keldi, saylov tizimi o‘zgartirilib, muqobil saylovlar o‘tkazila
boshlandi, markaz bilan Respublika munosabatida yangi holatlar vujudga keldi,
kommunistik partiya hukmronligiga barham berildi.
Mustaqillik uchun qo‘yilgan shahdam qadam sifatida e’tirof etiladigan,
1990-yil 20-iyunda qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi yangi Konstitutsiya
yaratish uchun ham asos bo‘ldi. Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengash
sessiyasida shu hujjat prinsiplari asosida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish
zarur, degan xulosaga kelindi va Prezident I. Karimov boshchiligida 64 kishidan
iborat konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun komissiya tuzildi. Bu ittifoq
roziligisiz qilingan katta voqea edi. Komissiya keng vakillik xarakteriga ega
bo‘lib, uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar,
Toshkent shahri vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, xo‘jalik
rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Oliy Kengash
o‘ninchi sessiyasida komissiya tarkibi qisman o‘zgartirildi.
1991-yil Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiyaning birinchi
majlisi o‘tkazilib, komissiya a’zolari va yetakchi mutaxassislardan tashkil
topgan, 32 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Uning vazifasi sifatida loyiha
tayyorlash bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish belgilanib, Konstitutsiya
bolimlarini tayyorlash uchun 6 ta kichik guruh tashkil qilinib, ularning har
biriga Konstitutsiyaning muqaddimasini, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini,
fuqarolarning huquq, erkinlik, burchlari, fuqaro va jamiyat, davlat tuzilishi,
davlat hokimiyati tizimi bo‘limlarini tayyorlash yuklandi. Kichik guruhlar
tarkibiga 50 nafar olim, ilmiy xodimlar, mutaxassislar jalb etildi.
Komissiya raisi ishchi guruh oldiga:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini o‘rganish;
- boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va
qonunchilik borasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish;
- keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo‘lgan siyosiy-huquqiy
hujjat yaratish vazifasini qo‘ydi*.