O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzu ni m u stah k am lash u ch u n savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzu ni m u stah k am lash u ch u n savollar
1. Konstitutsiya va davlat munosabati qanday?
2. Jahonda qabul qilingan dastlabki konstitutsiyalar va ularning roli qanday?
3. «Konstitutsiya» tushunchasi nimani anglatadi?
4. Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini nima belgilaydi?
5. Konstitutsiya qanday prinsip va xususiyatlarga ega?
6. Konstitutsiya qanday amal qiladi va qanday himoyalanadi?
7. Konstitutsiya nima uchun qonunchilik asosi deyiladi?
8. Konstitutsiyaning qanday turlari mavjud?
36


I ll bob. OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
YARATILISHI VA TAKOMILLASHUVI
I-§. K o n stitu tsiy a n in g y a ra tilish ig a bo‘lgan zarurat
XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab Sovet Ittifoqi hududida 
qayta o‘zgarishlar uchun sharoit yuzaga keldi. Kommunistik partiyaning 
ko‘p yillik hukmronligiga darz keta boshladi. Partiyaviy boshqaruv ishlab 
chiqarishni rivojlantirish o‘rniga rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Iqtisodiy 
inqiroz xalqning turm ush sharoitiga o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsata boshladi. 
M arkaz zulmi kuchayishi natijasida ittifoqdagi xalqlar aziyat chekdi, «porloq 
kelajakka» ishonchsizlik, turli millatlarni kamsitish holatlari kuchaydi. 
«Paxta ishi», «o‘zbek ishi» deb uyushtirilgan kampaniyalarda barcha baravar 
(gunohsiz ham, aybdor ham) birdek tazyiqqa uchradi. Ayollar, yosh bolalar 
xo‘rlandi, milliy, diniy, tarixiy qadriyatlar oyoq osti qilindi. Natijada, ittifoq 
tarkibidan chiqish, mustaqil davlat qurish harakati kuchaydi va bu harakat 
real voqelikka aylandi. Ayniqsa, mustaqillikka bo‘lgan intilish Boltiqbo'yi 
respublikalarida kuchli namoyon bo‘ldi.
Kommunistik partiya, uning shu vaqtdagi rahbarlari ittifoqni, mavjud 
tuzumni saqlab qolish uchun qattiq harakat qildilar.
Yangi ittifoq shartnomalarini tuzish, shu orqali ittifoqni saqlash uchun 
katta urinishlar bo‘ldi. Lekin Tbilisi, Vilnyusda bo‘lib o‘tgan voqealar, qon 
to‘kilishlar bu maqsadning zo‘ravonlik pozitsiyasi, ittifoqni saqlab qolish xom 
xayol ekanligini ko‘rsatdi.
Sovet Ittifoqida siyosiy tizimni isloh qilish, vakillik organlarining yangi 
turlarini yaratish, saylov tizimini yangilash ishlari olib borildi. SSSR hududida 
Xalq deputatlari syezdi degan engyuqori vakillik organi tashkil etildi. Shu organga 
bo‘ladigan saylovlar birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi. Uning natijasida 
esa (1988-yilgi saylov), shu organga xalq dardini ochiq aytadigan, haqiqatni 
ko‘z bo‘yamachilikdan ustun qo‘yadigan ko‘plab kishilar saylandi. Syezd Ittifoq 
miqyosidagi masalalarni hal qiladigan organdan ko‘ra, ittifoqdagi muammolarni 
ochiq-oydin ko‘tarib chiqadigan, turli xalq va millatlar o‘z muammolarini yaqqol 
aytadigan minbarga aylandi. Turli fikrlilik vujudga keldi. Natijada, kommunistik 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin