O. T. Husanov konstitutsiyaviy


U. Tojixonov, A. Saidov, X. Odilqoriyev. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 U. Tojixonov, A. Saidov, X. Odilqoriyev. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi.
Darslik. - Т.: «Sharq», 2001. 169—178-betlar.
29


ustuvorligining belgilanganligi, huquq va erkinliklarni ta’minlashda davlat 
mas’uliyatining belgilanganligi ham shu prinsipning ta’siridir. Mamlakatda 
yashovchi barcha fuqaro, millat va elatlar tengligining o‘rnatilishi, biror-bir kishi 
imtiyozga ega bo‘lmasligi, yordamga muhtoj toifadagi kishilarning huquqlari 
davlat tomonidan alohida himoya qilinishi, ayollarning erkaklar bilan teng 
huquqliligining o‘rnatilishi Konstitutsiyaning insonparvarligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi. Bu prinsip Konstitutsiyaning oliy 
yuridik kuchga ega rasmiy hujjat ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o‘z faoliyatini 
Konstitutsiya prinsiplari va qoidalari asosida tashkil etadi. Shuningdek, barcha 
davlat organlari, tashkilot, korxona, muassasa, jamoat birlashmalari, fuqarolar, 
mansabdor shaxslar Konstitutsiya asosida faoliyat yuritadi.
0 ‘zbekistonda amal qiladigan birorta ham normativ hujjat Konstitutsiyaga zid 
bo‘lmasligi kerak, zidlik holatlari vujudga kelsa, Konstitutsiya normalari amal qiladi.
Konstitutsiyaning ustunligi yana Konstitutsiya normalari boshqa huquqiy 
hujjatlarning yaratilishi uchun asos bo‘lishida ham ko‘rinadi.
Konstitutsiyaning 
kelajak 
maqsad, 
rivojlanishni 
ko'zlashi 
prinsipi. 
Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni maqsad 
qilib qolmay, u kelajakdagi vazifalarni ham belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning 
muqaddimasida belgilangan kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni 
anglash, insonparvar demokratik davlatni barpo etishni ko‘zlash kabi da’vatlar va 
ta’kidlar Konstitutsiyaning muhim g‘oyalaridir. Bu maqsadlar Konstitutsiyaviy 
tartibda asoslantirilgan.
Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi prinsipi. Konstitutsiya 
normalari oliy yuridik kuchga ega bo‘lishi bilan birga, ular to‘g ‘ridan-to‘g‘ri amal 
qiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda, uning normalarini hayotga tatbiq qilish 
uchun (Konstitutsiyaning o‘zida shu talab ko‘rsatilmagan bo‘lsa) qo‘shimcha 
maxsus qonunlar yoki qonun osti hujjatlar qabul qilish shart emas.
Ayrim 
adabiyotlarda 
ko‘rsatilayotgan 
boshqa 
bir 
qancha 
prinsiplar 
Konstitutsiyaning prinsiplari bo‘lmasdan, boshqa Konstitutsiyaviy institutlarning 
prinsiplaridir. 
Masalan, 
davlat 
bilan 
fuqaro 
o‘zaro 
mas’ulligi 
prinsipi 
Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, unda fuqaro manfaatining ustunligi ta’minlanadi, 
xalq suvereniteti prinsipi, hokimiyat bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatini tashkil 
etishning konstitutsiyaviy prinsipidir yoki Konstitutsiyaning 17-moddasidagi 
prinsiplar davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi hisoblanadi. XXII bobdagi 
prinsiplar esa, sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi.
Konstitutsiya masalasini o‘rganishda konstitutsiyalarning xususiyatlarini 
aniqlash muhim masaladir. Xususiyatlar umumiy, ya’ni umuman konstitutsiyaga 
tegishli yoki alohida, ya’ni ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalariga tegishli 
bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati 
ochiladi. Konstitutsiyalarning xususiyatlari uning huquq tizimidagi alohida o‘rni, 
ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish mexanizmida aks etadi. 
Bu xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin.
30


1. Konstitutsiya maxsus subyektlar tomonidan alohida tartibda qabul qilinadi 
(legitimlik).
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga ega bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilma-xildir.
4. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko‘zlaydi.
5. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va muhofazalanadi.
6. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi.
1. Konstitutsiyalar, odatda, xalq nomidan yoki uning vakillari nomidan 
qabul qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan referendum orqali (Rossiya 
Konstitutsiyasi) yoki alohida, maxsus, faqat shu maqsadda tashkil qilinadigan 
organ (Germaniya Konstitutsiyasi) yoki Qonunchilik organi - Parlament 
( 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi.
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi kuchga ega. Konstitutsiya 
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxsning huquqiy holati 
asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning prinsiplari bo‘lib, shunday 
normalar boshqa yuridik normalarni yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. 
Jumladan, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan «Xalq davlat hokimiyatining 
birdan-bir manbaidir» degan qoida davlat hokimiyatining vujudga kelishi uchun 
asos, ta’sis xarakteriga ega. Xuddi shuningdek, hokimiyatning bo‘linishi prinsipi 
mustahkamlangan 11-modda, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati 
oliy qadriyat ekanligi belgilangan 13-moddaning qoidalarida ham ta’sis etuvchi 
xususiyatni yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining kengligi uning 
yuridik xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. Boshqa turli qonunlar alohida 
bir ijtimoiy munosabatni tartibga solsa (masalan, mehnat huquqi - mehnat 
munosabatlarini, moliya huquqi - moliya munosabatlarini), Konstitutsiyaviy 
huquq tartibga soladigan munosabatlar doirasi turli-tumandir. Masalan, u shaxs 
huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham, siyosiy, 
iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi.
4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan 
cheklanmay, unga da’vat ko‘rinishida bo‘lsa ham, kelajak maqsadlar belgilanadi. 
Masalan, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi muqaddimasida «demokratik huquqiy 
davlat barpo etish» maqsadi ko‘rsatilgan.
5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim 
xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning o‘zi ham Konstitutsiyaning 
oliyligini ko‘rsatadi. Konstitutsiya barcha qonunlardan yuqori turadi, uning 
normalariga boshqa qonunlar zid bo‘lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, 
ustunligi uni qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritish alohida tartibda 
o‘rnatilganligida ham ko‘rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan 
qabul qilinsa, Konstitutsiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning alohida tartibi, mexanizmi 
o‘rnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida maxsus organlar tuziladi. Masalan,
31


Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish 
hisoblandi.
6. 
Konstitutsiyaning huquq tizimi poydevori bo‘lishi masalasi keyingi 
bandlarda batafsil yoritiladi.
Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi. Uning vujudga kelish 
sharoitlari har xil bo‘lishi mumkin. Milliy qadriyatlar, xalq o‘tmishi, madaniyati, 
tili ham konstitutsiyalarda aks etadi. Shuning uchun har bir mamlakatning 
konstitutsiyasi yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid bo‘lmagan holda, maxsus 
xususiyatlarning bo‘lishini ham taqozo etadi. Bu xususiyatlar mavjud masalalarning 
mohiyatini buzmagan holda turlicha belgilanishda, talqin qilinishda ko‘rinadi. 
Konstitutsiyalarning tuzilishida ham alohida xususiyatlar uchrashi mumkin.
Masalan, 
ayrim 
mamlakatlarning konstitutsiyalarida 
konstitutsiyaviy 
tuzum asoslari alohida belgilangan (Rossiya Konstitutsiyasi). 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari qatorida fuqarolar huquqlarining 
kafolatlari, oila munosabatlarining alohida bobda ko‘rsatilganligi, saylov tizimi 
uchun, mahalliy davlat hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida 
boblar ajratilganligini ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin