4 -§ . K o n stitu tsiy a n in g am al q ilish i va un i h im o y a la sh
Mamlakatning taraqqiyoti konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa
Konstitutsiyaning amal qilishiga to‘g ‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bu yerda, fuqarolarning
qonunlarga itoatkorligi muhim rol o‘ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar
ham, ba’zida ayrim guruhlar ham Konstitutsiyaga amal qilavermaydilar. Natijada,
ularning faoliyati Konstitutsiyaga xavf tug‘diradi. Ayrim vaqtlarda bunday xavf
davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ham bo‘lishi mumkin, agar ular
Konstitutsiyaga amal qilmasa, uning doirasidan chiqib ketsa.
Konstitutsiyaning 15-moddasida shu maqsaddan kelib chiqib, shunday
hoi bo‘lmasligi uchun: «Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», deb
qat’iy belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyani buzish, unga amal qilmaslik, davlatchilik
asoslarini buzadi, fuqarolar o‘rtasida ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Bu esa,
inson huquqlarining buzilishiga, oqibatda davlat to‘ntarishiga olib keladi.
Shuning uchun davlatlar Konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay,
unga amal qilishni ta’minlash choralarini ko‘radilar. Bu, birinchi navbatda,
konstitutsiyalarda ularning normalari hamma uchun birday amal qilishi belgilab
qo‘yilganligida ko‘rinadi. Agar 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida
Konstitutsiyaga amal qilish davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar uchun shartligi belgilangan bo‘lsa, Konstitutsiyaning
47-moddasida: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni
bajaradilar», 48-moddada: «Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga,
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat
qilishga majburdirlar», - deb belgilangan.
32
Konstitutsiyaga amal qilmaganlik uchun javobgarlik mavjud bo‘lib,
Konstitutsiyani qo‘pol va xavfli buzishlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilanadi.
Deyarli barcha mamlakatlarda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash uchun harakat
qilish, hokimiyatni kuch ishlatib yiqitish uchun da’vat qilish harakatlari jinoiy
harakat, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, Konstitutsiyani buzish deb
qoralanib, ularga nisbatan jazo belgilanadi.
Konstitutsiyalarda konstitutsiyani himoya qilish vazifalari belgilab qo‘yiladi.
Konstitutsiyamizning 57-moddasida: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan
o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi
va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning
sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat
birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», - deb belgilangan
qoidalar va g ‘oyalar Konstitutsiya himoyasiga bevosita taalluqlidir. Chunki
yuqoridagi holatlarning barchasi Konstitutsiyada belgilangan munosabatlardir.
Konstitutsiyaga
amal
qilishni
ta’minlovchi
alohida
vosita
sifatida
Konstitutsiyaviy sud faoliyatini ko‘rsatsa bo'ladi. Chunki Konstitutsiyaga amal
qilish faqat uni bajarish emas, unga zid boshqa hujjatlarni ham qabul qilmaslikdir.
Konstitutsiyaning 16-moddasida: «Birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas», - deb
belgilangan.
Konstitutsiyamizning 108-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga
qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi», - deb belgilangan bo‘lsa, 109-moddada
uning vakolatlari yanada aniqroq ko‘rsatib o‘tiladi. Unga asosan,
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari qarorlarining, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining,
hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, 0 ‘zbekiston
Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
qonunlari
0 ‘zbekiston
Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g ‘risida xulosa beradi;
3) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga
sharh beradi;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan
vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaga amal qilishda fuqarolarning bilimi ham muhim rol o‘ynaydi.
Konstitutsiya bo‘yicha fuqarolarning bilimlarini kengaytirish maqsadida 2001-yil
33
4-yanvarda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish
to‘g ‘risida»gi Prezident farmoyishi qabul qilingan.
Unda Konstitutsiyaning o‘rni, ahamiyati, ma’no va mohiyatini fuqarolarga
yetkazish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etish va bilim berishning
samarali mexanizmini yaratish belgilangan. Shu farmoyish ijrosi bo‘yicha
mamlakatimizda e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi. Ta’limning turli
bosqichlari uchun o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. 0 ‘quv
rejalariga o‘quv kursi kiritildi.
Dostları ilə paylaş: |