uchun o‘rnatiladigan tuzum, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, hukmronlar
tomonidan demokratik deb e’lon qilinadi, hatto o‘zi avtoritar yoki totalitar bo‘lsa
ham. Ular hech qachon nodemokratik konstitutsiyalar
qabul qilishga tavakkal
qilmaydi. Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat mexanizmini yaratishda bo‘lishi
mumkin. Inson huquq va erkinliklarini (bu konstitutsiyaning asosiy maqsadi)
aniqlashda kelishuv bo‘lishi mumkin emas.
Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning konstitutsiyalari
bir-biridan farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari konstitutsiyalarida davlatning
rahbarlik roli konstitutsiyaning o‘zida ko‘rsatib qo‘yiladi
va hukmron partiyaning
g ‘oyaviy ko‘rsatmalari ta’siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to‘la tatbiq qilinadi. Shu
asosda mafkura, g ‘oya asosiy qonun darajasiga ko‘tariladi.
Demokratik jamiyatda esa, uning aksidir. Bu jamiyat hamma sohada davlat
boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jamiyatda
konstitutsiya davlatga
jamiyatni himoyalash vazifasini yuklaydi.
Bunday jamiyatdagi konstitutsiyalarda davlatning jamiyatni himoyalash,
fuqaro mas’uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab qo‘yiladi.
Konstitutsiyalar muqaddima qismining mavjudligi bilan ham boshqa
qonunlardan farq qiladi. Muqaddima tantanali
- deklarativ xarakterdagi
ta’kidlardan iborat bo‘lib, ular yuridik kuchga ega emas. Muqaddimada davlatning
maqsad va vazifalari, davlatchilikda qabul qilinadigan,
tayaniladigan qadriyatlar,
xalq va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat belgilanadi. Bu g ‘oyalar keyinchalik
turli ko‘rinish va shakllarda konstitutsiya normalarida o‘z aksini topadi. Shuning
uchun ham, konstitutsiyalarga ta’rif
berilganda, Konstitutsiya qo‘lga kiritilgan
yutuqlarni, mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlovchi hujjat bo‘lib
qolmay, maqsad va vazifalarni belgilovchi hujjat hamdir, deb ta’riflanadi.
Dostları ilə paylaş: