Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni, cheklanmagan davlat hokimiyati
xavfli ekanligini anglagan davlat falsafasining ma’lum elementi bo‘lib qoldi.
Hokimiyatning cheklanmaganligi og‘ir oqibatlarga, to‘ntarishlarga, inqirozga
olib kelishini oddiy xalq emas, hukmronlar ham tushunib yetdi va davlat
hokimiyatini cheklash vazifasi Konstitutsiyaga yuklandi. Natijada,
turli
davlatlarda konstitutsiyalar qabul qilinishi natijasida uzoq davr hukm surayotgan
va jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan mutlaq davlat hokimiyatini
cheklash belgilandi. Bu, o‘z navbatida, jamiyatning boshqa a’zolari - xalqni
huquq va erkinliklar bilan ta’minlashga olib keldi. Konstitutsiya hokimiyat va
erkinlik, davlat va shaxs o‘rtasida mutanosib muvozanat bo‘lishini ta’minlovchi
vosita bo‘lib maydonga chiqdi.
Lekin Konstitutsiyalarning vujudga kelishi, davlatlar tomonidan qabul qilinishi
hamma vaqt yoki hamma joyda ko‘zlangan natijani bermadi yoki bermaydi.
Chunki eng demokratik prinsiplar va ko‘pchilik manfaatiga mos qoidalardan iborat
Konstitutsiyalar ham, tegishli tuzumlarning, xususiyatlaridan,
hokimiyatdagi
hukmronlarning xohish-irodasidan kelib chiqib, tor doira manfaatlariga xizmat
qilishi mumkin. Buni Sobiq Ittifoq konstitutsiyaviy tajribasidan ham aniq ko‘rish
mumkin.
Shuning uchun «Davlat va Konstitutsiya» deganda, ularni faqat do‘stlikda,
hamkorlikda deb qarash uncha to‘g ‘ri emas. «Davlat va Konstitutsiya» o‘rtasida
qarama-qarshilik bo‘lishi ham tabiiydir.
Lekin jamiyat mavjud qarama-qarshiliklarni hech kuch ishlatmay hal qilish
yo‘lini topsa, bunday qarama-qarshiliklar xavfli bo‘lmaydi.
Demokratik davlatlar - konstitutsiyaviy davlatlardir. Lekin har qanday
Konstitutsiyaga ega davlatni konstitutsiyaviy yoki demokratik davlat deb bo‘ lmaydi.
Davlatni ham demokratik, ham konstitutsiyaviy deb atash uchun demokratik
prinsip va qoidalardan iborat Konstitutsiyasi bo‘lishi va Konstitutsiyaning barcha
normalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Barcha dunyo mamlakatlarining konstitutsiyalarini ko‘rsak, ularni yo xalq
qabul qilgan, yoki
xalq nomidan qabul qilingan, degan iboralarni uchratamiz.
Masalan, AQSh Konstitutsiyasida: «Biz AQSh xalqi...», Germaniya Konstitutsiyada:
«Mazkur asosiy qonunni nemis xalqi o‘zini ta’sis hokimiyati kuchi bilan qabul
qildi», Fransiya Konstitutsiyasida: «Fransuz xalqi Konstitutsiyaviy qonunni
ma’qulladi», degan so‘zlar bo‘lsa, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining muqaddimasida:
«o‘zining muxtor vakillari siymosida 0 ‘zbekiston Respublikasining, mazkur
Konstitutsiyani qabul qiladi», - deb qayd qilingan.
Hamma konstitutsiyalarda uning yo xalq nomidan, yoki ularning muxtor
vakillari tomonidan qabul qilinishi ko‘rsatilar ekan, tabiiy holda u xalq manfaatini
ifoda etishi kerak.
Xalq manfaati ularda huquq va erkinliklarning o‘rnatilishi hamda ularni
amalga oshirish mexanizmini ta’minlash
choralarini belgilash; shu maqsadda
davlat hokimiyati, uning tuzilmalarini tashkil qilishning demokratik tartibini
24
belgilash; davlat hokimiyati faoliyatini qonun darajasida ifodalash; jamiyatning
boshqa tuzilmalari bilan davlat munosabatini o‘rnatish orqali ta’minlanadi.
Konstitutsiya yana xalq suvereniteti, davlat suvereniteti, davlat hokimiyati
manbalarini mustahkamlaydi. Rossiya Konstitutsiyasining3-moddasida: «Rossiya
Federatsiyasida hokimiyatning yagona manbasi
va suverenitet egasi yagona
xalq», 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida: «Xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir manbaidir», degan qoidalar mavjud. Shundan, agar hokimiyat totalitar
bo‘lsa, xalqning tabiiy huquqlarini buzsa, xalqda unday hokimiyatni ag‘darib
tashlash huquqi bo‘ladi. Bu xalq suverenitetining haqiqiy ma’nosini ko‘rsatadi.
Shuningdek, konstitutsiyalar mamlakat birligini, hududlar bo‘linib ketmasligini
ta’minlovchi normalardan iborat bo‘ladi. Konstitutsiya AQShda vujudga kelgan
bo‘lsa-da, uning rivojlanishiga barcha xalqlar hissa qo‘shgan va qo‘shadi.
Ijtimoiy munosabatlarning kengayib borishi, ijtimoiy hayotning rivojlanishi
konstitutsiya normalari bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning
kengayib
borishini
taqozo
etadi,
bu,
o‘z
navbatida,
konstitutsiyalarni
takomillashtirishni taqozo etadi. Bu holatni dastlabki konstitutsiyalar
bilan hozirgi
davrda qabul qilingan konstitutsiyalarni taqqoslasak, qiyoslasak'aniq ko‘ramiz.
AQSh Konstitutsiyasi faqat hokimiyat va federatsiya subyektlarining
huquqiy holati, keyingi kiritilgan qo‘shimchalar asosida fuqarolarning huquq,
erkinliklarini tartibga solish bilan chegaralansa, keyingi davrda qabul qilingan
va qilinayotgan konstitutsiyalarning vazifasi, maqsadi juda kengdir.
Hozirgi konstitutsiyalar faqat shaxs va davlat munosabati, hokimiyat
tizimini
mustahkamlab qolmay, jamiyatdagi boshqa tuzilmalar faoliyatini ham
tartibga solmoqda, masalan, jamoat birlashmalari, oila va boshqalar. Bundan
tashqari, konstitutsiyalarda inson va davlat munosabatida inson manfaatlarining
ustunligini ta’minlovchi, hokimiyat faoliyatini cheklovchi, davlatga aniq
majburiyatlar yuklovchi normalar kengroq o‘rin olmoqda.
Har bir mamlakatning konstitutsiyasiga xos eng asosiy xususiyat bu -
konstitutsiyaning asosiy qonunligidir. Konstitutsiyaning
umumiy xususiyatlari
ana shundan kelib chiqadi va ularga qo‘yiladigan umumiy talablar bo‘lishini
keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, konstitutsiyalar ma’lum taraqqiyot mahsuli, ma’lum
mamlakatda yashayotgan xalqning ongi, dunyoqarashi mahsulidir. Unda tarixiy
taraqqiyot tajribasi, milliy qadriyatlar, xalqning ma’naviy va axloqiy turmush
tarzi, albatta, aks etadi, bu har bir mamlakat konstitutsiyalarida
umumiylik
bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishini taqozo etadi. Bunga 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasini o‘rganish vaqtida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
«Konstitutsiya insoniyat tarixida taraqqiyotning ma’lum vaqtida, yangilikning
eskilik ustidan, erkinlikning haqsizlik ustidan, taraqqiyotning turg‘unlik ustidan
g ‘alabasini qonuniy mustahkamlagan hujjat bo‘lib, u insonning or-nomusi,
qadr-qimmati, mol-mulki himoyachisidir», degan ta’rif konstitutsiyaning o‘rnini
ko‘rsata oladi va bunga e’tiroz bo‘lmasa kerak.
25
Konstitutsiyaning vujudga kelishi insoniyat tarixi taraqqiyoti mahsuli bo‘lib,
u butun dunyoda rivojlanishga katta hissa qo‘shmoqda.
0 ‘zbekiston Birinchi Prezidentining:
Dostları ilə paylaş: