Bunda konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni belgilash, ularni hayotga tatbiq
etish jarayonida «Konstitutsiyaviy huquq» fani,
uning yutuqlari, tavsiya, takliflari
yordam berdi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani konstitutsiyaviy huquqni huquq tarm og‘i,
yetakchi huquq sifatida rivojlanishiga hissa qo‘shar ekan, o‘zi ham rivojlandi.
Konstitutsiyaviy huquqni tartibga soladigan masalalarni o‘rganish kengayib,
chuqurlashib bordi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining shakllanishi yangi munosabatlarni
vujudga keltirdi, ularni huquqiy tartibga solish kengayib bordi.
Ana shu
vazifalarni o‘rganish zarurati konstitutsiyaviy huquqning vazifalarini ham
kengaytirib bordi.
0 ‘zbekistonda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligining
e’tirof etilishi bu masalalarni amalga oshirish mexanizmlarining mavjud bo‘lishini
taqozo etadi. Bundan tashqari, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka
singdirish zarurligi, ayniqsa, bu inson huquqlariga taalluqli bo‘lgani
uchun
«Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi.
Fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish
vazifasi
demokratik
institutlarni,
fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada takomillashtirish (bunda
huquqiy asos alohida), davlat bilan nodavlat tashkilotlar munosabatini yangicha
tashkillashtirish, ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
sud orqali himoya qilishni yanada kengaytirish kabilar «Konstitutsiyaviy huquq»
fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Bu vazifalar chuqur tadqiqot ishlari olib
borish zaruratini tu g ‘diradi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘z oldiga qo‘ygan
vazifalarni bajarish uchun
ma’lum usullarga tayanadi, ular: tarixiy, huquqiy-qiyosiy, tizimli, statistik,
sotsiologik usul bo‘lishi mumkin.
Tarixiy usul - bu sohadagi avvalgi huquq normalari,
ularning ijtimoiy
munosabatlarga ta’sirini o‘rganish orqali hozirgi kun uchun ham to‘g ‘ri keladigan
huquqiy normalarni qo‘llash, takomillashtirish imkonini beradi.
Huquqiy-qiyosiy usul orqali turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqi
har jihatdan qiyoslanadi, tahlil qilib baholanadi va bizning sharoitga mos
jihatlarini olish haqida taklif va tavsiyalar vujudga keladi.
Tizimli usul orqali konstitutsiyaviy huquq institutlarini o‘rganishga
tizimli
yondashiladi. Ular bir-biridan mutlaqo ajralgan holda emas, bog‘liq holda
o‘rganiladi. Bu uslub orqali konstitutsiyaviy huquqning umumiy huquq tizimidagi
o‘rni to‘g ‘ri aniqlanadi.
Statistik usul orqali konstitutsiyaviy huquq normalarining samaradorligi,
ijtimoiy munosabatlarga ta’siri aniqlanadi. Statistika
orqali haqiqiy ahvol
aniqlanadi. Saylovlar davrida siyosiy partiyalar, ular tomonidan ko‘rsatilgan
nomzodlar (bu saylovda muqobillikni ko‘rsatadi), saylovda ishtirok etgan
saylovchilar soni, demokratik jarayonlar haqida real ma’lumot beradi.
20
Sotsiologik usul orqali ijtimoiy munosabatlar, ularni tartibga soluvchi
normalar haqida fuqarolar fikri aniqlanadi. Shu asosda nimani o‘zgartirish, nimani
bekor qilish, nimani yangidan o‘rnatish haqida jamoatchilik fikri o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: