solish uchun yetarli emasligi masalasi fan tomonidan o'rganiladi. Shu orqali fan
huquqiy normalar samarasini, ta’sir kuchini o‘rganadi va tegishli ilmiy takliflarni
ilgari suradi.
Davlat konstitutsiyaviy organlarini tashkil etish tartibi, faoliyati,
bir-biri
bilan munosabati ham «Konstitutsiyaviy huquq» fani tomonidan o‘rganiladi.
Shaxs masalasi, uning davlat bilan o‘zaro munosabati, shaxsning huquqiy
holati masalalari Konstitutsiyaviy huquq o‘rganadigan bosh masaladir.
Konstitutsiyaviy huquqning huquq sifatidagi predmeti huquq normalari bilan
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lsa, fanning predmeti shu ijtimoiy
munosabatlar va ularni tartibga soluvchi normalar hisoblanadi. Huquqning
predmeti tartibga solish bo‘lsa, fan predmeti o‘rganish hisoblanadi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘rganadigan masala, hodisalar doirasi
quyidagilardan iborat bo'ladi:
- konstitutsiyaviy huquqning umumiy tasnifi;
- konstitutsiyaviy nazorat asoslari;
- 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, uning yaratilishi, mazmun-
mohiyati, yuridik turi;
- konstitutsiyaviy tuzum asoslari;
- shaxs va davlat munosabati, shaxsning huquqiy holati;
- jamiyatning iqtisodiy asoslari, davlat va jamoat birlashmalari munosabatlari,
oilaviy munosabatlar;
- davlat tuzilishi, mamlakatning ma’muriy-hududiy
tuzilishi;
- davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
Bu yerda «Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘rganadigan masalalar yiriklashtirib
ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish yoki hodisa aniq bo‘laklarga bo‘lib
o‘rganiladi. Masalan, Konstitutsiyaviy huquqning umumiy tasnifi huquqning
huquq tizimidagi o‘rni, huquqiy normalar, huquqiy institutlar, ijtimoiy
munosabatlar, huquq manbalari va boshqalarni o‘rganish orqali tadqiq etiladi.
Yoki shaxsning huquqiy holati fuqarolik, asosiy huquq va erkinliklar, burchlar,
huquq va erkinliklar kafolatlari masalalarini o‘rganish orqali keng yoritiladi.
Yuqoridagilarni o‘rganish fan oldiga ma’lum vazifalarni qo‘yadi, ya’ni
«Konstitutsiyaviy huquq» fanining aniq vazifalari mavjud.
Uning eng asosiy vazifasi konstitutsiyaviy huquqning mamlakat huquq
tizimidagi o'rnini, ya’ni uning ham huquq tarmog‘i,
ham yetakchi huquq
ekanligini ko‘rsatishdir. Buning uchun konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning
yuridik kuchi (boshqa huquq normalari uchun ustuvorligi, ta’sir kuchi, asos
ekanligi) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish orqali ijtimoiy hayotning
rivojlanishiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi.
Fanning vazifasi ma’lum huquqiy hodisalarni o‘rganish bilan cheklanmaydi,
tegishli bilimlar bilan mutaxassislarni, fuqarolarni ta’minlash, ya’ni shaxsning
huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish ham fanning vazifasidir.
18
Fanning vazifasi hodisa va qonuniyatlarni passiv o'rganish bilan cheklanmaydi.
0 ‘rganish orqali vujudga kelgan ilmiy xulosa va fikrlarni hayotga joriy qilish
orqali ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni
takomillashtirishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Fanning xulosa
va takliflari natijasida
huquqiy normalar takomillashadi, yangilari vujudga keladi, eskirganlari bekor
qilinadi.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha belgilanayotgan ustuvor vazifalarni
bajarish zarurati «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga ham aniq vazifalarni
qo‘yadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo'nalishlarini belgilab bergan edi1. Shu asosda «Konstitutsiyaviy
huquq» fani mutaxassislari tegishli ilmiy tadqiqotlar olib borish, maqolalar
tayyorlash orqali mazkur masalalar yuzasidan ilmiy xulosa va mulohazalarni
bayon qilmoqda va bu masalalarni hal qilishga ijobiy hissa qo‘shmoqda.
Murojaatda ijro hokimiyati
organlarini takomillashtirish, mahalliy vakillik
va ijro hokimiyati organlari hamkorligini kuchaytirish, davlat xizmatini
isloh qilish, saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar
belgilangan edi2. Bu, o‘z navbatida, «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga muhim
va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi, konstitutsiyaviy
huquq normalarining takomillashuviga,
uning natijasi esa, ijtimoiy munosabatlar
rivojlanishiga olib keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan « 0 ‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi» - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Davlat va
jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari», «Qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud huquqi tizimini yanada isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari» va shu boradagi aniq vazifalar belgilab berildi.
Dostları ilə paylaş: