huquq
va erkinliklar ustuvorligi, hokimiyat bo‘linishi, mustaqil sud hokimiyati
o‘ynaydi. Bular barcha institutlarda o‘z aksini topgan.
Konstitutsiyaviy huquq tizimi Konstitutsiya tizimi bilan bog‘liq yoki aytish
mumkinki, Konstitutsiya tizimi konstitutsiyaviy huquq tizimi belgilanishida asosiy
rol o‘ynaydi. Konstitutsiyaviy huquq tizimini tashkil etuvchi konstitutsiyaviy-
huquqiy institutlar ahamiyatiga ko‘ra tartib bilan joylashtirilgan.
0 ‘zbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy
huquq
tizimi
quyidagi
institutlardan tashkil topgan: konstitutsiyaviy
tuzumning asosiy prinsiplari; inson
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari; jamiyat va shaxs;
ma’muriy-hududiy
va davlat tuzilishi; davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
Bu institutlar, o‘z navbatida, o‘z tizimiga ega. Ya’ni ular bir-biri bilan bog‘liq,
lekin mustaqil institutlardan iborat. Masalan, «Inson va fuqarolarning asosiy
huquqlari, erkinliklari va burchlari» instituti, «Fuqarolik», «Shaxsiy huquq
va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar», «Inson
huquqlari va erkinliklarining kafolatlari», «Fuqarolarning burchlari»dan iborat
bo‘lsa, «Davlat hokimiyatini tashkil etish», « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi», « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti», «Vazirlar Mahkamasi»,
«Mahalliy davlat hokimiyati asoslari», «Sud hokimiyati», «Saylov tizimi» va
boshqa institutlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: