Konstitutsiyamizning birinchi bo‘limi «Asosiy prinsiplar» deb nomlanganligi
uchun uning har bir bobi - «Davlat suvereniteti», «Xalq hokimiyatchiligi»,
«Konstitutsiya va qonunning ustunligi», «Tashqi siyosat» - Konstitutsiyaning
prinsiplari sifatida bayon qilinadi1.
Aslida, bular konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar bo‘lib, ulardagi normalar
shu institutlarning, aniqrog‘i, konstitutsiyaviy tuzumning prinsiplaridir.
Shuning
uchun, konstitutsiyaviy prinsip - bu konstitutsiyada mustahkamlangan va
konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning prinsiplaridir. Konstitutsiya prinsipi esa,
konstitutsiyani xarakterlovchi, mohiyati, vazifasi,
yuridik tabiatini, maqsadini
belgilovchi asosiy g‘oyalar hisoblanib, ular Konstitutsiyaning o‘zida aniq yozilgan
bo‘lishi shart emas. Masalan, «insonparvarlik» prinsipini konstitutsiyaning
barcha qoidalarida his qilish mumkin.
Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bir-biri bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchi,
davom ettiruvchi g‘oyalardan iborat bo‘lib, ular barcha demokratik davlatlar
konstitutsiyalariga xos bo‘ladi va shuning uchun ular 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga
ham xosdir.
Shuning uchun, konstitutsiyaning asosiy prinsiplarini 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasi misolida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Asosiy
qonunimizning prinsiplari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Demokratizm prinsipi. Demokratiya insoniyat tarixida vujudga kelgan va unga
barcha xalqlar bab-baravar intiladigan tartibotdir. Demokratiya uzoq vaqt davomida
shakilanadigan, o‘zida xalqlarning qadriyatlarini mujassamlagan, ko‘pchilik uchun
mos va qulay tartib hisoblanadi. Demokratizm ana shu tartibning (demokratiyaning)
hayotda qo‘llanilishi mexanizmidir. Demokratiya deganda,
xalq hokimiyatchiligi
tushunilsa-da, uning mazmuni ancha keng. Demokratizm mavjud bolganda xalq
suvereniteti - xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshishi mumkin.
Shuning uchun, demokratizm 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining barcha prinsip va
qoidalariga singdirilgan yoki boshqacha qilib aytganda, demokratizm Konstitutsiya
normalari orqali qonuniy mustahkamlangan. Konstitutsiya jamiyatda fikrlar xilma-
xilligi uchun asos bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning
demokratik xarakterini, u demokratizm g‘oyalariga
suyanganligini
Konstitutsiyaning muqaddimasidan
ham
bilish
mumkin.
Demokratizm prinsipining mavjudligi Konstitutsiyaning boshqa prinsiplari
mavjud bo‘lishini belgilab beradi.
Insonparvarlik prinsipi. Inson, uning
huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-
qimmati, manfaati masalasini belgilash Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan
hisoblanadi. Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklari, sha’nining
oliy qadriyat deb belgilanishi, uning insonparvarlik xarakterini ko‘rsatadi.
Insonparvarlik g ‘oyasi Konstitutsiyadagi asosiy g‘oya bo‘lganligi sababli, uni
Konstitutsiya prinsipi deyish mumkin. Konstitutsiyada insonning manfaatlari
Dostları ilə paylaş: