«Tabiiyki, har qan day d a v la tn in g y u z i, obro‘-e ’tib o ri u n in g K o n stitu tsiy a si h iso b la n a d i. Z otan, K o n stitu tsiy a d a v la tn i davlat, m illa tn i m illa t sifa tid a d u n yoga ta n ita d ig a n Q om u sn om adir»1, -
degan
so‘zlari
faqat
0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasiga emas, umuman Konstitutsiyalarga berilgan bahodir.
«X alqim izning farovon hayot kechirishi uchun m unosib sharoit yaratish - K o n stitu tsiy a m iz n in g bosh m aq sad id ir»2, - degan so‘zlar
uning mohiyatini yanada ishonchli ko‘rsatib beradi.
2-§. K o n stitu tsiy a n in g ta’rifi, m azm u ni va m oh iyati Konstitutsiya - davlatning oliy kuchga ega qonuni, u Asosiy qonun deb
ham ataladi. Sababi, Konstitutsiya - davlatchilikning, qonuniylik va huquq-
tartibotning, qonunchilikning asosi. Konstitutsiya, eng avvalo, yuridik hujjatdir.
Uning shu xususiyatlari va sifatlari «Konstitutsiyaviy huquq» fanining predmetini
tashkil etadi.
Konstitutsiya boshqa qonunlar kabi faqat yuridik hujjat sifatidagina namoyon
bo‘lmay, u siyosiy hujjat hamdir. Chunki Konstitutsiya jamiyatdagi siyosiy
munosabatlarni ham tartibga solishga ta’sir etadi.
Huquqiy davlatlar yoki shunday davlat qurayotgan mamlakatlar konstitutsiyalari
g‘oyaviylikdan xolidir. Faqat ular ko‘pg‘oyaviylikning, plyuralizmning vujudga
kelishi uchun, agar ular hammabop g ‘oya bo‘lsa, sharoit yaratishi mumkin.
Shunday qilib, Konstitutsiya deganda, davlatning oliy yuridik kuchga ega
asosiy qonuni tushuniladi. Bu qonun davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini,
shaxsning huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil
bo‘lish tartibi, vakolatlari, o‘zaro munosabatlari, davlatning jamoat birlashmalari
bilan munosabatlari asoslarini belgilovchi normalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Konstitutsiya davlat funksiyasi doirasini, uning shaxs va jamiyat bilan aloqasi
asoslarini o‘rnatish bilan konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi.
Konstitutsiya mohiyatini mavjud tuzumda qo‘lga kiritilgan yutuqlar,
ularning fuqarolar manfaatiga qanchalik mosligi belgilaydi. Shu va Konstitutsiya
bilan tartibga solish doirasi turli mamlakatlarda turlichaligi, konstitutsiyaviy
huquq nazariyasida «konstitutsiya» tushunchasi, mazmuni va mohiyati haqida
yagona fikr yo‘qligiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, turli mamlakatlar
rivojlanish taraqqiyoti va Konstitutsiya qabul qilinayotgandagi sharoitning har
xilligi, xalqning ongi, dunyoqarashi, hatto, axloqidagi farqlar ham bu masalalar
yuzasidan turlicha fikrlar bo‘lishi tabiiy ekanligini ko‘rsatadi.