O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami. - Т



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami. - Т.:
2007. 322-bet.
2 Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish
konsepsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2010.
50


Konstitutsiyaning 78-moddasi birinchi qismining 15-bandi: «...shuningdek, 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan 
Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish», degan so‘zlar bilan 
to‘ldirildi. 80-moddaning 6-bandidagi: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va» degan so‘zlardan keyin «uning 
o‘rinbosarlarini» degan so‘zlar chiqarilib, «Hisob palatasi raisini» degan so‘zlar 
bilan to‘ldirildi. 93-modda birinchi qismining 8-bandidagi: «ijro etuvchi hokimiyat 
devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi», degan so‘zlar chiqarib tashlandi, 
12-bandidagi: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va» degan so‘zlardan 
keyin «uning o‘rinbosarlari» degan so‘zlar chiqarib tashlanib, «Hisob palatasi 
raisini» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi. 15-bandiga: «viloyatlar hokimlarini hamda 
Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan 
ozod etadi» degan so‘zlardan oldin « 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
taqdimiga binoan», degan so‘zlar kiritildi. 16-bandi: « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli», degan so‘zlar bilan 
to‘ldirildi. Prezidentning bu vakolati avval Konstitutsiyaning 98-moddasida 
ko‘zda tutilgan edi. Endi bu qoida shu moddadan chiqarildi.
Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish asosida uning 96-moddasi quyidagicha 
bayon etildi: « 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini 
bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch 
oy muddat ichida, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g ‘risida»gi 
Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi».
Konstitutsiyaning 98-moddasi mutlaqo yangi tahrirda bayon qilinib, u 
quyidagicha yangi holatlarni qayd qildi: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
nomzodi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi 
eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan 
taklif etiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir 
lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi 
uchun taklif etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik 
palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan 
hisoblanadi. Bunday holatda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni
51


lavozimidan ozod etish to‘g ‘risida qaror qabul qiladi. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha 
siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan 
so‘ng 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va 
tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir 
lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi».
Qonunchilik palatasi qabul qilgan va 2011-yil 5-dekabrda Senat ma’qullagan 
qonunga asosan Konstitutsiyaning 90-moddasiga o‘zgartirish kiritildi va unga asosan 
Prezidentning vakolat muddati 7 yildan 5 yilga o'zgartirildi. 2014-yil 16-aprel kuni 
mamlakatimiz Konstitutsiyasiga bir necha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning 32-moddasiga jamoatchilik nazorati - fuqarolarning 
jamiyat va davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqini amalga oshirish 
vositalaridan biri sifatida kiritildi. Bu, birinchidan, jamoatchilik nazoratini 
ahamiyatini kuchaytirsa, ikkinchidan, jamiyat va davlat ishlarida fuqarolarning 
ishtirok etish yo‘llarini, imkoniyatlarini kengaytirdi.
Konstitutsiyaning 
78-moddasi 
21-bandiga 
kiritilgan 
o‘zgartirish 
esa 
parlament nazoratini kuchaytirishni nazarda tutdi.
Konstitutsiyaga kiritilgan ayrim o‘zgartirishlar esa Prezident vakolatlarini 
aniqlashtirishni, Prezident bilan Vazirlar Mahkamasi (Bosh vazir) munosabatlarini 
yanada aniq tartibga solishni, Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazir vakolatlarini 
aniq belgilashni, hokimlar mas’ulligini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Ularga asosan, Oliy Majlisga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining 
muhim masalalari yuzasidan ma’ruza taqdim etish vazifasi Prezidentdan Vazirlar 
Mahkamasi zimmasiga o‘tkazildi va Prezidentga Oliy Majlisga mamlakat ichki 
va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat 
qilish huquqi berildi (93-modda 7-band). 8-bandga: «Prezident vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Vazirlar Mahkamasining 
taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi», degan so‘zlar kiritildi.
Shuningdek, 93-moddaning 10-bandi: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun Bosh vazir nomzodini 
taqdim etadi hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan 
ishonchsizlik votumi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari 
tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
lavozimdan ozod qiladi», 93-moddaning 16-bandi: «Respublika davlat boshqaruvi 
organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari 
normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislariga raislik qilishga haqli», degan 
tahrirlarda bayon qilindi.


Shu moddaning 24-bandidagi: «Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi», degan 
so‘zlar esa chiqarib tashlandi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazirning vazifa va vakolatlarini aniq belgilab qo‘ydi, 
ularning mas’uliyatini kuchaytirdi.
Konstitutsiyaning 103-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha hokimlarni xalq 
deputatlari Kengashi oldidagi hisobdorligini kuchaytirdi.
Saylov tizimiga taalluqli bobga ham o‘zgartirish kiritilib, u Markaziy saylov 
komissiyasini tashkil etish, uning faoliyat prinsiplarini Konstitutsiyaviy asosda 
belgilab qo‘ydi.
2017-yil aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Oliy 
Majlis Senatining vakolatlariga (80-moddaning 4-bandi), Senat majlisida ishtirok 
etuvchilar doirasiga (81-modda yettinchi kismi), Qonunchilik tashabbusi huquqiga 
ega subyektlar doirasiga (83-modda), 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
sudlarni lavozimga taqdim qilish va tayinlash vakolatiga (93-moddaning 13, 
14-bandlari), 0 ‘zbekiston Respublikasining sud tizimiga, Sudyalar oliy kengashi 
faoliyatiga (107-moddaning birinchi qismi, 110-moddaning birinchi va uchinchi 
qismlari, 111-modda) taalluqli bo‘ldi.
2017-yil 31-mayda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yana Senatning 
mutloq vakolatlariga (80-moddaning 5, 12-bandlari), Prezident vakolatlariga 
(93-moddaning 
13-bandi), 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyaviy 
sudi faoliyatiga (108, 109-moddalar) taalluqli bo‘lsa, 2017-yil 29-avgustdagi 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar mahalliy vakillik organlari tizimiga, tuman, shahar 
hokimlarini lavozimga tayinlash tartiblariga taalluqli bo‘ldi (99,102-moddalar).
Shuningdek, 2017-yil 6-apreldagi qonun bilan Konstitutsiyaning sud 
hokimiyati 2017-yil 6-apreldagi qonun bilan Konstitutsiyaning sud hokimiyatiga 
taalluqli normalariga (80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 moddalariga) jiddiy o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritildi.
2017-yil 31-maydagi qonunga asosan Konstitutsiyaning 80,108, 109-moddalariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu o‘zgartirishlar Oliy Majlis Senatining 
vakolatlari, Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va vakolatlariga taalluqli bo‘ldi.
Va 
nihoyat 
2017-yil 
29-avgustdagi 
0 ‘RQ-439-sonli 
Qonuni 
bilan 
Konstitutsiyaning 99, 102 moddalariga o‘zgartirish kiritilib, unga asosan 
Toshkent shahar tumanlarida ham xalq deputatlari Kengashlari tashkil qilinadigan 
bo‘ldi. Buning natijasida barcha tumanlarning mavqei tenglashadigan, barcha 
tumanlar aholisi o‘z vakillik organlarini saylashda ishtirok etadigan va vakillik 
organlarining ijro hokimiyati ustidan nazorati kuchayadigan bo‘ldi.
Konstitutsiyaga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar 79-moddaga tegishli bo‘lib, 
unga asosan, qonunchilik palatasining mutloq vakolatiga, Bosh vazir taqdimiga 
ko‘ra, Hukumat a’zoligiga nomzodlarni, keyinchalik ularni prezident tomonidan 
tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiritildi. Bu o‘zgartirish 2019-yil
1-apreldan kuchga kirdi.
53


Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgartirishlarning ahamiyati, maqsadi, 
mazmun-mohiyati haqida keyingi boblarda kengroq to‘xtalamiz.
Konstitutsiya asosiy qonun bo‘lganligi uchun, unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar 
kiritish alohida tartibda amalga oshirilishi Konstitutsiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning oltinchi bo‘limi «Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish 
tartibi», deb nomlangan va u ikki (127, 128-moddalar) moddadan iborat.
127-moddaga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgar- 
tirishlar tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki 
qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun asosida yoki 
referendum orqali kiritiladi. Oliy Majlisda oddiy qonunlarga o‘zgartirish kiritish 
uchun oddiy ko‘pchilik ovoz bo‘lishi talab qilingan bo‘lsa, Konstitutsiyaga 
o‘zgartirish kiritish uchun kamida uchdan ikki qism deputatlar va senatorlar 
yoqlab ovoz berishi kerak.
Konstitutsiyamizning 128-moddasi o‘zgartirish kiritish tartibini kengroq 
mustahkamlagan, unga asosan, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish taklifi Oliy 
Majlisga kiritilgandan so‘ng, 6 oy mobaynida o‘zgartirish kiritish haqidagi taklif 
keng muhokama qilinib, so‘ng qaror qabul qilinishi mumkin. Agar Oliy Majlis 
o‘zgartirish kiritish taklifini rad etsa, bunday taklif bir yil muddatdan so‘ng 
qayta kiritilishi mumkin.
Ayrim mamlakatlarda Konstitutsiyani o‘zgartirishning yanada murakkab 
tartibi belgilangan. Rossiya Konstitutsiyasida kimlar Konstitutsiyaga o‘zgartirish 
kiritish haqida taklif bilan chiqish huquqiga egaligi maxsus moddada (134-modda) 
ko‘rsatilgan. Rossiya Konstitutsiyasining 135-moddasida, Konstitutsiyaning 1,
2, 3-boblari qoidalarini qayta ko‘rish (o‘zgartirish kiritish) mumkin emasligi 
belgilangan. Bular: «Konstitutsiyaviy tuzum asoslari», «Inson huquq va 
erkinliklari», «Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qayta ko'rish» boblaridir.
135-moddaning ikkinchi bandida agar Konstitutsiyaning shu boblariga 
o‘zgartirish kiritishni, Federal Kengash (yuqori palata) va Davlat Dumasi (quyi 
palata) a’zolarining beshdan uch qismi qo‘llasa, Konstitutsiyaviy qonunga binoan, 
Konstitutsiyaviy kengash chaqiriladi. Konstitutsiyaviy Kengash yo Konstitutsiyani 
o‘zgartirmaslikni, yo yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishni hal qiladi. 
Bu loyiha Konstitutsiyaviy Kengash a’zolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan 
qabul qilinadi yoki umumxalq ovoziga qo‘yiladi. Referendumda yarimdan ko‘p 
saylovchilar ishtirok etib, ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi 
ovozi bilan ma’qullansa, Konstitutsiya qabul qilingan hisoblanadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin